Линклар

400 dan ortiq o‘zbekistonlik imzolagani va prezident Mirziyoevga nomiga bitilgani aytilgan murojaatnomada 2017 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n birinchi yalpi majlisida Toshkent viloyatidagi To‘ytepa shahri nomini Nurafshon deb o‘zgartirish qarori qabul qilingani, biroq na «O‘zA» axborot agentligi bergan bu xabarda, na boshqa ommaviy axborot vositalarida shahar nomini o‘zgartirishga asos bo‘lgan sabablar ko‘rsatib o‘tilgani aytiladi.

Murojaatnomani 400 dan ortiq kishi imzolagani aytilgan. Ular orasida Ozodlikning OzodNazar eshittirishi doimiy suhbatdoshlaridan biri, toshkentlik tahlilchi Anvar Nazir ham bor.​

“Biz, o‘zbeklar, juda boy va faxrlansa arziydigan tarixga egamiz, azaldan elimiz tomonidan qo‘llab kelinayotgan har bitta joy nomi ham tariximizning ajralmas bir qismi. Shunday ekan, nima asosda tomirlari uzoq o‘tmishga, Qoraxoniylar davlati davriga (10-12 asrlar) borib taqaladigan tarixiy nom siyqasi chiqib ketgan, o‘zbek eli va o‘zbek tarixi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan forscha «Nurafshon» so‘ziga almashtirildi? Bu tariximizga hurmatsizlik emasmi?!” degan savolni o‘rtaga qo‘yadi murojaatnomani imzolaganlar.

Ular o‘z pozitsiyalarini To‘​ytepa shahri nomi «Nurafshon»ga o‘zgartirilishi ko‘pchilik tomonidan salbiy qarshi olinganini ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar bilan dalillashga uringan.

“To‘ytepa bu oddiy geografik tushuncha emas, bu joyning tarixi o‘sha turkiy beshigimizning siymolaridan biri, nomi ham shunga turkiycha-o‘zbekcha va umuman olganda, turkiyni jahon tarixida buyuk qilgan ishlarining siymolaridan biri bu”, deyiladi murojaatnomada.

Kun.uz sayti e’lon qilgan murojaatnoma mana bu so‘zlar bilan yakunlangan:

“Hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoev, biz, o‘zbek yurtsevarlari, tariximizni, tilimizni, milliy davlatchiligimizni hurmat qiluvchi vatandoshlar, Sizdan prezidentlik vakolatingizdan foydalanib, Senat qarorini bekor qilishingizni va tarixiy To‘ytepa nomini tiklashingizni iltimos qilamiz. Buning uchun biz va el Sizdan juda minnatdor bo‘ladi, chunki, shunday qilsangiz, Siz xalq, millat, uning tarixi va tilining himoyachisi bo‘​lib, mangu odamlar xotirasida qolasiz”.

XS
SM
MD
LG