Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:17

Ukrainada qurol-aslaha omborida chiqqan yong‘in tufayli minglab odam evakuatsiya qilindi


Украинада қурол-аслаҳа омборида ёнғин чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00

Ukrainaning Vinnitsa viloyatidagi Kalinovka qishlog‘i yaqinidagi harbiy artilleriya omborxonasida portlash yuz bergani ortidan 30 ming mahalliy aholi xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi, hudud ustidan parvozlar man etildi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiylari bildirdi.

Portlash 26 sentabr, kechqurun soat 9 da yuz bergan.

27 sentabr kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Olena Hitlyanska Ukraina harbiy prokuraturasi yong‘inni sabotaj o‘laroq ko‘rib chiqayotganini bildirdi. Hitlyanskaga ko‘ra, yong‘inni tergov qilishda xavfsizlik xizmati tergovchilari ham ishtirok etadi.

Ukraina milliy politsiyasi yetakchisi Vyacheslav Abroskin Vinnitsa, Jitomir, Xmelnitskiy, Kiev hamda Chernovtsi viloyatlaridan kelgan minglab politsiya xodimi mahalliy aholini evakuatsiya qilishda ko‘maklashayotganini aytdi.

Voqea joyiga yetib kelgan bosh vazir Vladimir Groysman hodisa ortida “tashqi kuchlar” turganini ta’kidladi.

Ichki ishlar vazirligi boshlig‘i maslahatchisi Zoryan Shkiryak Facebookda yong‘in “Rossiyaning yovuz sabotaji” ekanligiga ishonishini yozdi. Shkiryak bu yong‘in Kalinovkadagi harbiy omborxonalarda yuzaga kelgan yettinchi yong‘ich ekanligini qo‘shimcha qildi.

Shkiryak, shuningdek, yong‘in va portlashlarni tergov qilish uchun hukumat komissiyasi tuzilishini aytdi.

Rasmiylarning bildirishcha, evakuatsiyaga ko‘maklashish uchun taqriban 600 nafar Milliy gvardiya harbiysi safarbar qilingan. “UNIAN” xabar agentligiga ko‘ra, olovni o‘chirishga 1200 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Guvohlar ilk portlashdan keyin, tungi osmonda yorqin uchqunlarni ko‘rish mumkin bo‘lganini aytishdi. Ayrimlar portlashlar zaharli gaz chiqarishidan xavotir bildirdi.

Mahalliy matbuot portlashlar Kalinovka tuman administratsiyasi binosi derazalarini sindirgani haqida xabar qildi.

Xabarlarga ko‘ra, portlashlar ovozi Kiev viloyatigacha yetib borgan. Kalinovkada rasmiylar elektr va gaz tarmoqlarini o‘chirib qo‘ygan.

Voqea joyiga Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Viktor Mujenko yetib borgan.

Mahalliy aholini evakuatsiya qilishga ko‘maklashayotgan ko‘ngilli Ihor Rumyansev 27 setnabr kuni ertalab portlashlar avj olganini, natijada odamlar podvallarda yashirinishga majbur bo‘lganini aytdi.

Rumyansevga ko‘ra, hududdagi temir yo‘l tarmoqlari faoliyati to‘xtatilgan.

Vinnitsa viloyati kengashi xodimi Irina Yaroshinka Kalinovkadan o‘tadigan poezdlar marshruti o‘zgarganini tasdiqladi.

Ukraina infratuzilma vaziri o‘rinbosari Yuriy Lavrenyuk Facebookda portlashlar uzviy ravishda davom etishi mumkin bo‘lgan 50 kilometrli hududda harakatlar va parvozlar taqiqlanganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG