Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:37

Ichki ishlar va Prokuratura paxta termoqda, MXX dalada etak bilan ko‘rinmadi


O‘zbekistonda kuch ishlatar idoralar, jumladan militsiya va prokuratura xodimlari paxtaga safarbar etildi. O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturaning markaziy idoralari xodimlaridan tortib viloyat va tumanlardagi bo‘limlari uch kun avval majburan paxtaga haydalgan. Lekin, O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xodimlarining paxtaga chiqarilgani haqda Ozodlik ma’lumotga ega emas. Bank xodimlaridan esa, 5 nafardan terimchi yollash "so‘raldi".

Toshkent viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka gapirgan militsiya serjanti o‘zi va yigirmaga yaqin hamkasbi majburan Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumaniga o‘n kunga paxta terishga jo‘natilganini aytdi.

- Asosan qo‘riqlash xizmatidan yigirmaga yaqin militsiya xodimi Jizzaxning Mirzacho‘l tumaniga, yana bir guruh Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani dalalariga tashlandi. Terayotganlar orasida leytenant, katta leytenatlar ham bor. O‘n kundan so‘ng ish joyimizga qaytamiz, o‘rnimizga boshqa militsiya otryadi jo‘natilar ekan, - dedi toshkentlik ichki ishlar xodimi.

Toshkent viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi Ozodlikka har bir militsiya bo‘limidan 5 nafardan terimchi chiqarish buyrug‘i vazirlikdan berilganini aytdi.

Toshkent viloyat IIB xodimlaridan yana biri o‘n kundan buyon Qashqadaryoning Mirishkor tumanida paxta terayotgani haqda Telegram kanali orqali bildirdi.

Militsiya xodimi majburan paxtaga olib chiqilgani haqda Ozodlikka yozdi.
Militsiya xodimi majburan paxtaga olib chiqilgani haqda Ozodlikka yozdi.

​Ayni paytda O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Toshkentdagi markaziy idorasi va viloyat shahar va tumanlaridagi bo‘limlari xodimlari ham paxtaga safarbar etilganiga oid xabarlar kela boshladi.

Ismi aytilmasligi sharti bilan Ozodlikka gapirgan Toshkent shahar prkuraturasi xodimining aytishicha, u sog‘ligi to‘g‘ri kelmasa ham majburan paxtaga jo‘natilgan. Shu kunda u Sirdaryoning Oq oltin tumanida paxta terayotganini aytdi.

O‘zbekistonda kuch ishlatar idoralar xodimlarining paxta terimiga chiqarilishi shu paytgacha kuzatilmagan edi.

Ayni paytda, O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xodimlarining paxtaga chiqarilgani haqda Ozodlik ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistonda huquq-tartibot organlari xizmatchilarining paxta terimiga ommaviy mobilizatsiyasi o‘tgan hafta talabalarning kutilmaganda paxtadan qaytarilishi ortidan ro‘y bermoqda.

Ichki ishlar va prokuratura bilan bir qatorda O‘zbekistondagi banklarning har bir bo‘limi xodimlariga 5 nafardan terimchini paxta terimi uchun yollash "so‘ralgan".

27 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sh.Atabaev 26 sentabr kuni imzolangan, faks orqali qabul qilingan xat suratlari tarqaldi.

Markaziy bank bo‘limlariga beshtadan terimchi yollash so‘ralgan xat
Markaziy bank bo‘limlariga beshtadan terimchi yollash so‘ralgan xat

Hujjatda tijorat banklari boshqaruvi raislari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari boshliqlaridan 2017 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olishga ko‘maklashish maqsadida bankning har bir hududiy filiallarida ishlayotgan har 1 xodim 5 nafardan terimchi paxta yig‘im-terimiga jalb etilishini tashkil qilishi so‘ralgan.

Markaziy bankning Samarqanddagi bo‘limi xodimi Ozodlik bilan suhbatda shunday xat kelib tushgani, lekin bu buyruqni bajarish imkonsiz ekanini aytdi.

- Bank xodimi o‘zidan tashqari yana 5 odamni paxtaga yollashi kerak, degan talab qo‘yilyapti. Bu mutlaqo imkonsiz. Odam yetmayapti bizda. Meni o‘zim erimdan ajrashganman, ikki qizim bor. Paxtani teraymi, bolalarga qaraymi, bank ishini qilaymi yo terimchi yollaymi?! Ayollarimiz deyarli hammasini ahvoli shu, erkaklarimizni hammasi dalada, - deydi Markaziy bankning Samarqanddagi bo‘limi xodimi.

O‘zbekiston Markaziy banki mulozimi ham shunday xat bank bo‘limlariga jo‘natilganini tasdiqladi.

Lekin, bank xodimlari terimchinining mehnatini o‘z cho‘ntagidan to‘laydimi?

Terimchini topish bilan qay vaqtda shug‘ullanishi kerak: bsh paytimi yoki ishdan keyin?

Bu topshiriqni banklar, ularning xizmatchilari bajarmasa, qanday chora qo‘llaniladi?

Bu savollarni Markaziy bank mulozimi javobsiz qoldirdi.

XS
SM
MD
LG