Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:51

OzodDayjest: Xorazmda 4 yashar qizaloqni o‘ldirgan ayol 13 yilga qamaldi


Toshkent viloyatida hovlisi buzilgan kishidan pora so‘ragan kadastrchi ushlandi. Xorazmda 300 ming so‘mlik zirak uchun 4 yoshli qizchani o‘ldirgan ayolga jazolandi. So‘z ustasi Obid Asomov o‘zbek to‘ylaridagi dabdababozlikni tanqid qildi.

_____________________________________________________________

300 ming so‘mlik zirak uchun 4 yoshli qizchani o‘ldirgan ayolga hukm o‘qildi

​Xorazm viloyati Xonqa tumani Olaja qishlog‘ida yashab kelgan Ra’no Qilicheva qotillikda ayblanib, 13 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi (“Darakchi”, 28 sentabr). Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi sudyasi Ra’no Kamolova ma’lum qiladi. Norasida qizning o‘ldirilishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Joriy yil aprel oyida Ra’no Qilicheva qo‘shnisining 4 yoshli qizini aldab og‘ilxonaga olib kirib, qulog‘idagi zirakni echib oladi. So‘ng qizchaning boshiga bolta bilan ketma-ket zarba berib, uni o‘ldiradi. Jinoyatni yashirish maqsadida jasad ustiga somon va tosh bostirib qo‘yadi. Qotillik bir necha kun ichida fosh etiladi. “Ayollik suvrati bor-u, siyratiga ega bo‘lmagan jinoyatchining bor-yo‘g‘i 4 yil umr ko‘rgan qizchaning hayotiga zomin bo‘lishining asosiy sabab nimada? Bir juft tilla zirak! Ha, u aynan 300 ming so‘mlik zirak uchun odam o‘ldirish kabi qabih jinoyatga qo‘l urdi”, deb yozadi sudya Ra’no Kamolova.

Hovlisi buzilgan vatandoshdan yer uchun pora talab qilgan kadastr idorasi vakili qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi vatandoshning dala hovlisi qo‘shni respublikaning chegara hududiga o‘tib qolgani bois buzildi (“Huquq”, 28 sentabr). Tuman hokimi qarori bilan buzilgan hovli egalariga tumanning boshqa hududlaridan yer ajratilishi belgilangan. Hovlisi buzilgan zangiotaliklardan biriga yer ajratish esa turli sabablar bilan ortga suriladi. Tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi vakili esa vatandoshdan yer ajratish evaziga 500 dollar pora talab qiladi. Mutasaddi: “Men ham bu pullardan bir qismini tepadagilarga berib, ishni hal qilaman”, degan. Qayd etilishicha, kadastr davlat korxonasi vakili pora olayotganda qo‘lga tushirilgan.

Obid Asomov: To‘y masalasida xotin bilan emas, cho‘ntak bilan maslahatlashish kerak

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov “Darakchi” nashriga intervyusida to‘ylardagi dabdabalarni tanqid qildi. San’atkorga ko‘ra, bugun dabdabali to‘y qilaman deb qarzga botib qolayotganlar ko‘paymoqda. Bunday holga tushmaslik uchun esa odam nafsini tiyishi, birov bilan emas, o‘zi bilan hisoblashishi shart. “Yaqinda qizimni uzatdim. Challari va unda keyingi ortiqcha tadbirlarni umuman qilmadik. Rahmatli otam: “O‘g‘lim, xotin kishi bilan maslahatlashma, cho‘ntak bilan gaplash”, derdilar. Bu gap bugungi kunga juda mos kelyapti-da... Tan olinglar, barcha zamonaviy an’analarni ayollar o‘ylab topishyapti”, degan so‘z ustasi O.Asomov.

XS
SM
MD
LG