Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:26

Farg‘onada talaba yigitni geylikda ayblab tahqirlashdi


Bir necha yigit boshqa bir yigitni geylikda ayblab jazolayotgani aks etgan video 29 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ozodlik videoda aks etgan voqea 2 oy avval Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesida sodir bo‘lganini aniqladi. Farg‘ona viloyat huquq-tartibot organlaridan birining mulozimi mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilib, zo‘ravonlikni uyushtirgan va amalga oshirgan 4 shaxs qo‘lga olinganini Ozodlikka ma’lum qildi.

Telegram orqali Ozodlikka ham yuborilgan videoda qip-yalong‘och yechintirib qo‘yilgan yigitni bir guruh yigitlar kaltaklaydi, unga "yoqib yuborish yoki so‘yib tashlash" bilan po‘pisa qilib, uni orqasi bilan pivo butilkasiga o‘tirishga majburlashadi.

Kaltak zarbi, haqorat va tahdidlardan dahshatga tushib, dir-dir qaltirayotgan yigitni zo‘ravonlar geylikni tan olishga majbur qiladi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, bundan 2 oy muqaddam Marg‘ilondagi mahallalardan birida yashovchi 24 yoshli S. Internet orqali o‘zini gey deb tanishtirgan odam bilan tanishgan va Farg‘onaning Qirguli mahallasiga uchrashuvga kelgan.

Bu uchrashuvni bir guruh gomofoblar ataylab uyushtirgani, S.ni tuzoqqa tushuntirgani keyin ayon bo‘ladi.

Marg‘ilonlik yigit o‘ldiramiz, deb tahdid qilayotganlarga “tema” bo‘yicha tanishish maqsadida SMS yuborganini aytadi.

Jazo aksiyasida qatnashganlardan biri yigitni “itni bolasi” deb haqoratlaydi, “sen Marg‘ilonni sharmanda qilding” deya yuziga musht tushiradi.

Boshqasi ko‘lida yog‘och to‘qmoq bilan yigitning elkasiga uradi.

Farg‘ona viloyat huquq-tartibot organlaridan birining mulozimiga ko‘ra, mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilib, zo‘ravonlikni uyushtirgan va amalga oshirgan 4 kishi qo‘lga olingan.

Gomofoblar tarafidan tahqirlangan marg‘ilonlik yigitning mahalladoshlaridan biri Ozodlikka uning shokdan hanuz o‘ziga kelolmayotganini aytdi.

- Shu voqea bo‘lganidan bir necha kun o‘tib bundan militsiya xabar topdi. S. juda qattiq shokda. Juda yuvosh bola. Bu yil Farg‘ona politexnika institutiga o‘qishga kirgan edi. O‘qishdan oldin Paynet da ishlagan, - dedi jabrlanuvchining mahalladoshlaridan biri.

O‘zbek jamiyatida jinsiy ozchiliklarga nisbatan toqatsizlik borligi ma’lum.

O‘zbekistonlik Erbo‘lat ismli 26 yoshli gey yigit Farg‘onada ro‘y bergan hodisani “vahshiylik”, deb atadi.

- Bu vahshiylikdan boshqa narsa emas. Ularning nima ishi bor kim nima qilib yurgani bilan? U geylikni targ‘ib qilayotgani yo‘qku?! Jinoyat qilgan bo‘lsa militsiya bor. Aslida, jinoyatchi ularning o‘zlari. Ruxsatisiz videoga olib, tahqirlayapti. “Sen Marg‘ilonni sharmanda qilyapsan” emish, bolani videoga olib, uni zo‘rlayotganlar Marg‘ilonni sharmanda qilyaptiku. Bu dahshat! - dedi Erbo‘lat.

Ўзбекистонлик Эрбўлат билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:29 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistondagi boshqa jinsiy ozchilik vakillari qatori Erbo‘lat ham gomofoblar hujumiga uchraganini aytadi.

- Meni ham bir marta videoga olib, tahqirlashgan. Zo‘rg‘a qutulganman. Militsiyaga aytsangiz ular ham gomofob, mazax qiladi. O‘zbekistonda gey bo‘lish xavfli. Shuning uchun iloji boricha orientatsiyangni boshqalarga bilintirmasdan yurishga to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy tarmoqlarda biz “tema”dagilar bilan parol so‘zlar bilan gaplashamiz. To‘liq ishonch hosil qilganimizdan so‘ng uchrashuvga chiqamiz, - deydi Erbo‘lat.

O‘zbekistonliklar gey ekani ishonilgan yigitni butilkaga o‘tirishga majbur qilgani aks etgan video 2013 yilda ham ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Rossiyaning Novosibirsk shahrida olingan videoda qip-yalong‘och echintirib qo‘yilgan, yuzlari kaltaklanib, momataloq bo‘lgan yigitni yuziga to‘pponcha o‘qtaladi va o‘zining orqasiga shampan butilkasini tiqishga majbur qilinadi.

O‘zbekiston gomoseksualizm jinoyat hisoblanadigan oz sonli mamlakatlardan biridir.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksida besoqolbozlik uchun uch yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG