Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:07

Yer yuzida hayot bundan 3,95 milliard yil oldin paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Tokio universiteti xodimlari Labrador orolida topgan dalillar Yer yuzida hayot bundan 3,95 milliard yil avval paydo bo‘lganini ko‘rsatdi.

Olimlar hisoblariga ko‘ra, sayyoramizning yoshi 4,5 milliard yildan ko‘p emas.

Yil boshida izlanuvchilar shu paytgacha topilgan eng eski qazilmalar Yer sayyorasida hayot bundan 3,8-4,3 milliard yil avval bo‘lganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotlashini e’lon qilishgan edi.

Avvallari Grenlandiya toshlaridagi uglerod izotoplari izlari hayotning eng ko‘hna dalili hisoblanar edi. Bu qoldiqlar 3,7-3,8 milliard yoshga ega.

Labradorda topilgan dalillar ham Grenlandiyadagi qoldiqlarga o‘xshaydi, ammo yanada eskiroqdir.

Olimlar grafit hosil bo‘lgan paytdagi harorat, uglerod izotopi izlari hamda izotop izlari va toshlardagi kalsit ichida qamalgan uglerod o‘rtasidagi farqni o‘rganib chiqib, Labradorda topilgan dalillar ishonarli ekanini xulosa qilishdi

XS
SM
MD
LG