Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:20

Qirg‘iz prezidenti Toshkentga keldi¸ Mirziyoev hamkasbini aeroportda o‘zi kutib oldi


Mirziyoev va rafiqasini Bishkek aeroportida prezident Atambaev va rafiqasi kutib olib¸ yana kuzatib qolgan edi.
Mirziyoev va rafiqasini Bishkek aeroportida prezident Atambaev va rafiqasi kutib olib¸ yana kuzatib qolgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboev 5 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan kutib oldi¸ deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston safarini Toshkent markazidagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘yishdan boshlagan Atambaev¸ Shavkat Mirziyoev hamrohligida «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga borgan.

“Ko‘rgazmada mamlakatlarimiz so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda»¸ deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati e’lon qilgan bayonotda.

Shundan so‘ng Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston rahbarining Ko‘ksaroy qarorgohida davlat tashrifida ko‘zda tutilgan maqomda kutib olingan va ikkala prezident tor doiradagi so‘zlashuvlarni boshlagan.

Rasmiy axborotga ko‘ra¸ muzokaralar yakunlari bo‘yicha prezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishi¸ shuningdek turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston prezidentiga hamrohlik qilayotgan jurnalistlar safida bo‘lgan Ozodlikning qirg‘iz bo‘limi muxbiri Kubanch Joldoshevga ko‘ra¸ hukumatlararo so‘zlashuvlar natijasida 15 ta hujjatning imzolanishi rejalashtirilgan.

Қирғиз президентига Тошкент сафарида ҳамроҳлик қилаëтган Азаттиқ мухбири
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00
Бевосита линк

Uning qirg‘iz delegatsiya rasmiylariga tayanib aytishicha¸ qator hamkorlikka oid kelishuvlar barobarida O‘zbekistonni eng qisqa yo‘l bilan Xitoyga bog‘lovchi magistral yo‘lni ochish haqida Mirziëev Bishkekda va’da qilgan shartnoma ham bor.

Shavkat Mirziyoev 5 sentabr kuni Bishkekda “Biz Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lini qurish to‘g‘risida kelishib oldik. Bu Xitoyga olib boradigan eng qisqa yo‘ldir. Yaqin vaqt ichida barcha hujjatlarni imzolash to‘g‘risida kelishib oldik, yuridik jihatdan kelishib olamiz va amalga oshiramiz”, deb bayonot bergan edi.

Ayni paytda¸ Ozodlik muxbirining Toshkentdan xabar qilishicha imzolanilgan hujjatlar orasida Qirg‘izistonning Olabuqa tumanidagi O‘rtato‘qay suv omboridan O‘zbekistonning foydalanish shartlariga oid kelishuv ham bor.

O‘zbekiston prezidenti 5-6 sentabr kunlari davlat tashrifi bilan Bishkekka borgan va mazkur safar davomida o‘zbek va qirg‘iz prezidentlari kengaytirilgan formatdagi uchrashuv barobarida xos suhbatlar ham o‘tkazgan¸ ikki davlat o‘rtasida qator kelishuvlar imzolangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 4 oktabr kungi 12-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2017 yil 5 sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ma’qullandi.

Senat rasmiy baënotiga ko‘ra¸ mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5-6 sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasiga amalga oshirgan Davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan amaliy harakatlar Rejasi (“Yo‘l xaritasi”) ijrosini ta’minlashga qaratilgandir.

Shartnoma bilan 1170,53 km uzunlikdagi o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegara chizig‘ining Tavsifi va o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi delimitatsiyasiga oid kartografik hujjatlarni, shuningdek elektron (rastrli) kartografik hujjatlarning tasdiqlangani aytilmoqda.

Bundan avval ikki davlat o‘rtasidagi chegara kelishuvlari qirg‘iz parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan¸ prezident Atambaev tomonidan imzolangan edi.

Shavkat Mirziyoevning Bishkek safaridan so‘ng ikki davlat sarhadidagi 9 ta chegara-o‘tkazish punkining qayta ish boshlagani aytilmoqda.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG