Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:14

Bobomurod Abdullaev "birinchi va amaldagi prezidentdan hokimiyatni tortib olish"da gumonlanmoqda


Bobomurod Abdullaev
Bobomurod Abdullaev

Dastlabki tergov xulosasiga ko‘ra¸ jurnalist Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov taxallusi bilan Internetda mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan materiallarni tarqatish yo‘li bilan hokimiyatni qonuniy saylangan shaxslardan tortib olishni rejalagan. Dastlabki tergov xulosasiga asoslangan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi 1 oktabr kuni Abdullaevni 10 kun MXX hibsxonasida saqlash va shu muddat ichida unga qarshi jinoiy ish ochish haqida qaror chiqardi.

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov Ozodlikka taqdim etgan sud qarorida yozilishicha, "Abdullaev “O‘zbekiston Xalq harakati” funksioneri sifatida shu harakat rahbari Muhammad Solihning ko‘rsatmasi bilan 2011 yildan buyon Usmon Haqnazarov taxallusi bilan Internetda mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan".

Dastlabki tergov materiallarida qayd etilishicha¸ O‘zbekiston davlat rahbarlari xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan shaxslar - Ravshanbek Salaev va Shavkatjon Olloyorovlar Abdullaevning asosiy manbalari bo‘lgan va ular yordamida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy ahvolini o‘rgangan holda Muhammad Solih ko‘rsatmasi bilan O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishni ko‘zda tutuvchi “Jatva”, ya’ni “O‘rim” deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan.

Mahkama qarorida keltirilgan dastlabki tergov davomida to‘plangan materiallar¸ rasmiy hujjatda yozilishicha¸ "Jatva" ishtirokchilari keng ommani jalb etgan holda O‘zbekistonning to‘rtta yirik shahri - Toshkent, Farg‘ona, Navoiy va Urganchda qo‘zg‘olon uyushtirishni rejalagan.

Mahkama¸ "Abdullaev amalga oshirgan jinoyatlarning og‘irligi¸ uning jinoiy faoliyatni davom ettirishi oldini olish¸ uning tergov va suddan qochish orqali ish yuzasidan haqiqat qaror topishiga xalal berishi ehtimolidan kelib chiqib"¸ tergovning ehtiyot chorasi sifatida uni hibsda saqlash so‘rovini qondirgan.

Sud qaroriga muvofiq¸ Abdullaev MXX tergov izolyatorida saqlanadi va 10 kun ichida unga qarshi ayblanuvchi sifatida jinoiy ish ochiladi¸ aks holda¸ u hibsdan ozod etiladi.

2017 yilning 27 sentabrida Toshkentda qo‘lga olingan 44 yoshli mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 159-moddasining 4-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) ayblanmoqda. Jinoyat kodeksida bu jinoyat uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

3 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "O‘zbekiston Xalq harakati" rahbari Muhammad Solih Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov tahallusi ostida maqolalar e’lon qilib kelgan jurnalist ekanini ma’lum qilgan edi.

Муҳаммад Солиҳ ҳибсдаги журналист Бобомурод Абдуллаевнинг Усмон Ҳақназаров эканини маълум қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:57 0:00

XS
SM
MD
LG