Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:06

Bishkekda avtohalokatda nobud bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari dafn etildi


Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqadirov 9 oktabr kuni Bishkekdagi Alaarcha qabristonida dafn etildi.

Dushanba kuni Bishkekdagi Qirg‘iz milliy akademik teatri binosida avtohalokatda o‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqadirov bilan xayrlashish marosimi o‘tkazildi. Marhum Qirg‘iziston poytaxtidagi Alaarcha qabristonida dafn etildi.

Ichida Temir Jumaqadirov, yordamchisi va haydovchisi bo‘lgan Toyota Land Cruiser avtomobili 7 oktabr kuni Bishkek-Chaldovar yo‘lida yuk to‘la KamAZ bilan to‘qnashib ketgan. Aytilishicha, o‘sha tong bosh vazir o‘rinbosari Talas viloyatiga saylov uchastkalari hozirligini tekshirish uchun ketayotgandi.

Yengil mashinada bo‘lganlarning hammasi hayotdan ko‘z yumgan. KamAZ haydovchisi esa so‘roq qilinmoqda.

38 yoshli Temir Jumaqadirov prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha respublika shtabini boshqarayotgan edi. U shu yil avgustida bosh vazirning xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlangandi. Bungacha Jumaqadirov Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi vazifasini bajarib kelgan.

Qirg‘iziston prezidenti saylovi 15 oktabrda bo‘lib o‘tadi

XS
SM
MD
LG