Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:23

Valyuta siyosati liberallashganidan “Momiq Qog’oz” sinmoqda


Uzbekistan- Banner OzodMaktub
Uzbekistan- Banner OzodMaktub

“Momiq Qog’oz” - Toshkent viloyatidagi korxonalardan biri. Uning rahbariyati vakilidan kelgan xatda aytilishicha, korxona 2016 yilda bankdan 2,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit olgan. O‘shanda 1 dollar 2870 so‘mdan edi. Endilikda esa, har 1 dollar evaziga “Momiq Qog’oz” 8100 so‘m qaytarishi lozim...

Maktubni OzodMaktub ruknida tahrirsiz, qisqartirishsiz, muallif imlosi va punktuatsiyasini saqlagan holda berishga qaror qildik. Xat muallifi ismi sir qolishini istagan.

****

Toshkent viloyatida joylashgan “Momiq Qog’oz” MChJning “Tekstil korxonalariga qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan qabul qilingan dasturlar doirasida to‘laligicha amalga oshirilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun jamiyat tomonidan 2016 yilda tijorat banki kredit liniyasi hisobidan 2,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari jalb qilindi.

Korxonaga ushbu kredit mablag‘i xisobiga chet eldan eng zamonaviy texnologik uskunalar olib kelinib ishga tushirildi.

Korxonada jami 90 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilingan.

Korxonaning xorijiy valyutada kredit qarzdorligi mavjud.

Muammo shundan iboratki, korxonaning qarzdorligi bugungi kunda milliy valyuta ekvivalentida 10 mlrd. so‘mni tashkil qilsa, valyuta bozori liberallashuvi natijasida kursning bir vaqtning o‘zida 8 ming so‘mga oshishi, qarzdorlik miqdorini 2 martaga ya’ni 21 mlrd.so‘mga ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

O‘z – o‘zidan ko‘rinib turibdiki, oylik kredit to‘lovlari va foiz xarajatlari ko‘payishi xomashyolarni sotib olish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga va boshqa operativ harajatlarni qoplashga imkon qoldirmayapti.

Korxona biznes rejada kredit va foizlar to‘lovini 1 AQSh dollari kursini 2870 so‘m miqdorda qaytarish rejasi bilan biznes loyiha boshlangan bo‘lib, hozirda ushbu ko‘rsatkichlarning to‘lovlari yuqori darajada oshib ketishi hisobiga (ya’ni 1AQSh=8100so‘m) ishlab chiqarish quvvati kamayib, sotish rejasi keskin darajada tushib ketishi natijasida korxona qiyin axvolga tushib, inkirozga yuz tutishi mumkinligi kutilmoqda.

Yuzaga keladigan inqiroz oqibatida korxonada 110 ta ishchi- xodimlarning taqdiri, bank tomonidan berilgan kredit va korxonaning keyingi axvoli so‘roq ichida qolmoqda.

Bunday muammolar xorijiy valyutada krediti mavjud bo‘lgan barcha korxonalarda kuzatilishini inobatga olsak, yo‘qotishlar salmog‘i oshib ketishi aniq.

Ushbu muammolar yuzasidan korxona tijorat bankiga va Markaziy bankga yozgan maktublari muammoni echimini echishga javobsiz qolmoqda.

Prezidentimizga murojaat deb yozing, iltimos.

......................................................................................................................

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Ozodlik bu mulohazalar uchun mas’ul emas.

XS
SM
MD
LG