Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 08:42

Banklar Toshkentdagi bankomatlar ishlamay qolgani uchun sovuqni aybladi


Toshkentning Oloy bozoridagi bankomat.

O‘zbekiston poytaxtida o‘rnatilgan sanoqli bankomat ishga tushganidan bir necha oy o‘tib-o‘tmay ishdan chiqa boshladi. Ozodlikka murojaat qilgan poytaxtliklar¸ xususan¸ Mirobod bozorida o‘rnatilgan bankomatning haftasiga ikki-uch kun ishlab, qolgan kunlari ular ustiga “texnik sababga ko‘ra bankomat ishlamaydi” degan yozuv osig‘liq turishini bildirdi. Ozodlik bog‘langan "Qishloq qurilish banki" mulozimi Toshkentdagi ayrim bankomatlarning ishdan chiqishiga havoning sovishi sababchi bo‘lganini aytdi.

Poytaxtning Mirobod tumanidagi dehqon bozorida sotuvchilik qiladigan Laziza Ozodlik bilan suhbatda ishga tushirilgan payti qarshisida yuzlab odam navbatga tizilgan bankomat ikki oy o‘tib yaroqsiz temir qutiga aylanganini aytadi:

- Oldiniga shu bankomat oldi ochered edi. Hozir deyarli har kuni “po texnicheskiym prichinam ne rabotaet” deb yozib qo‘yilgan. Bu temir qutichaning boridan yo‘g‘i yaxshi, - deydi Laziza.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ poytaxtning xalq orasida "Kadisheva" deb ataluvchi Aviasozlar bozori¸ shuningdek Qo‘yliq bozorida o‘rnatilgan bankomatlarda ham shu ahvol.

- Nomiga turibdi. Bir qarasangiz bankomat qarshisida odamlar, boshqa kuni hech kim yo‘q, ishlamaydi, - deydi Kadisheva bozoridagi bankomatdan naqd pul yechib olgani borgan toshkentlik Bunyodbek.

Mirobod bozoridagi bankomatni “Qishloq qurilish bank”i, Aviasozlar bozoridagi bankomatni Milliy bank va Qo‘yliq bozoridagisini Xalq banki shu yilning avgust oyida o‘rnatgan edi.

Dehqon bozori hududlarida o‘rnatilgan bankomatlardan bir kunda bitta plastik kartadan jami 100 ming so‘mgacha bo‘lgan naqd pul yechib olinishi mumkinligi bildirilgan edi.

Mahalliy matbuotda voqea sifatida yoritilganidan ko‘p vaqt o‘tmay¸ ularning surunkali ishlamayotgani sababini izohlagan “Qishloq qurilish bank”i xodimi¸ Ozodlik muxbiriga bankomatlar havoning sovishi ortidan ishdan chiqa boshlaganini bildirdi:

- Mirobod bozoridagi bankomatimiz sovuq havoda buzilgan, chunki bino ichkarisi uchun mo‘ljallangan bankomat ekan u, lekin ochiq joyda o‘rnatishgan. O‘tgan haftalarda sovuq tushishi bilan bankomatning dispenseri (pul beruvchi uskunasi) ishdan chiqqan. Hozir havo isidi, ishlayapti, - dedi bank mulozimi.

Havo harorati +10 dan tushib-tushmay shikast yegan bankomatlarning qishda ishlash-ishlamasligiga tushuntirish bergan bank mulozimi "hozir bu haqda o‘ylayapmiz, balki bankomatni qishda ichkariga olamiz yoki sovuqdan himoyalash uchun ustini biron narsa yopamiz", - deya javob qildi.

Sentabr oxiri va oktabr oyi boshida Toshkentda havo haroratining tunda +8 darajagacha pastlagani va tog‘li hududlarda qor yoqqani xabar qilingan edi.

Tijorat banklaridan birining bankomatlar bo‘yicha mutasaddisi Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonga olib kelingan bankomatlarning aksari tropik mamlakatlar yoki faqat binolar ichkarisiga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan uskunalar ekanini aytadi.

"Sovuqda ishlaydigan bankomatlar ham bo‘ladi. Ularning ichida ma’lum haroratni ta’minlab beruvchi¸ isituvchi uskuna bo‘ladi. Bizga olib kelinganlarida shu uskuna yo‘q. Aftidan¸ banklar shu jihatga e’tibor berishmagan, arzonini olib qo‘ya qolishgan. Ichkari uchun mo‘ljallangan bankomatlar +10 darajadan past sovuqda ishlamay qolishi tabiiy, - deydi bank mulozimi.

Ayni paytda¸ Ozodlikka shikoyat qilgan poytaxtliklar ayrim bankomatlarning havo sovishidan oldin ham ishlamaganiga guvoh bo‘lishganini aytishdi:

- Bir qarasangiz puli tugab qolgan bo‘ladi, bir qarasangiz ochered. Oldin ham shunday ishlamay qolgan holatlar bo‘lgan, shuncha million odam yashaydigan Toshketga to‘rtta bankomat o‘rnatsa buziladi-da, - deydi toshkentlik Bunyodbek.

“Xalq banki” mulozimi bunday e’tirozlarni asossiz deb atadi va o‘z banki tomonidan o‘rnatilgan bankomatlarning muammosiz ishlayotganini bildirdi:

- Qo‘yliqda, Yunusobodda va Oloy bozorida bankomatlarimiz bor, hammasi ishlayapti. Hozircha hech qanaqa muammo yo‘q. Har kuni o‘rtacha 30 million so‘m pul qo‘yiladi, odamlar kelib naqd pul olishayapti, - dedi "Xalq banki" mulozimi.

"Деноминация бўлмаса¸ банкоматлар - утопия"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng so‘nggilari qatorida shu yil boshidan poytaxt Toshkentda bankomatlarni o‘rnatishga kirishdi.

2017 yilning 12 oktabriga kelib¸ norasmiy hisob-kitobga ko‘ra¸ 5-6 milliondan ortiq aholi yashovchi Toshkentning faqat 10 joyida bankomat bor¸ xolos.

Dastlab Toshkentda uch bankomat Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlariga o‘rnatildi.

Avgust oyida “Askiya”, Bo‘zbozor, “Aviasozlar”, “Qoraqamish”, Sergeli dehqon bozorlarida hamda “Chilonzor” va “O‘rikzor” savdo majmualarida bittadan bankomat ishga tushirildi.

O‘zbekiston Markaziy banki yil oxirigacha Toshkent shahrida mingta bankomat o‘rnatilishini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG