Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 22:23

Turkmanistonga yana o‘sha tanish g‘aroyib kunlar qayta boshladi


Gurbanguli Berdimuhamedov

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov yaqinda imzolagan farmonlar o‘n yil oldingi marhum prezident Saparmurod Niyozov hokimiyatda o‘tirgan paytlardagi vaziyatning aks-sadosiga o‘xshaydi.

Turkmaniston mustaqilikka erishganidan so‘ng oradan 11 yil o‘tib, Niyozov Xalq Maslahati deb ataluvchi organning maqomini ko‘tara boshlagan edi. Uning hukumat, biznes olami, davlat korxonalari va ijtimoiy tashkilotlar singari turli soha vakillaridan iborat 2000-3000 nafar a’zosi bor.

Niyozov davrida Xalq Maslahatini ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror 2002 yil noyabrida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani iddao qilingandan so‘ng qabul qilingan edi.

Xalq Maslahatining vakolatini oshirish va pirovardida uni parlamentdan ham yuqori qo‘yish mantig‘i biror qaror qabul qilish uchun 2000 dan oshiq a’zoni tez orada bir joyga to‘plash qiyin ekaniga asoslangan ko‘rinadi. Ayni hol davlat to‘ntarishi orqali hokimiyat tepasiga kelishi mumkin bo‘lgan shaxslarning parlamentda rasmiy maqom olishiga yo‘l bermaydi.

Berdimuhamedov 2006 yil oxirida hokimiyatni qo‘lga oldi va 2008 yili Xalq Maslahatini organ sifatida tugatdi.

U prezident bo‘lganidan so‘ng oradan 11 yil o‘tib, noma’lum sabablarga ko‘ra, o‘sha organ qaytadan tiklanyapti.

Berdimuhamedov 2017 yil fevralida qayta saylangach, Oqsoqollar Kengashi mamlakatning eng oliy qonun chiqaruvchi organi bo‘lishini aytgan edi. Endi esa, u o‘zidan yoshroq hukumat amaldorlari ham unga a’zo bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

Ismi sir qolishini istagan, ko‘p narsadan xabari bor muallif Eurasia Net sayti iltimosiga ko‘ra yangi “Xalq Kengashi”ni sinchiklab o‘rgandi hamda Eurasia Net saytida maqola chop etdi

Berdimuhamedov milliy bayramlar sanasini ham o‘zgartirib tashlamoqda.

27 oktabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayrami 27 sentabrga ko‘chirildi.

O‘sha sana Turkmaniston mezbonlik qilgan Yopiq binolardagi va yakkakurushlar bo‘yicha Osiyo musobaqalarining o‘ninchi – so‘nggi kuniga to‘g‘ri keldi.

Ammo joriy yilda Mustaqillik bayrami 27 oktabrda nishonlanadigan ko‘rinadi, chunki odamlar stadionlarga “marshirovka”ga chiqarilmoqda. Turkmanistonda har doim kattaroq bayram nishonlanadigan bo‘lsa, repetitsiyalar o‘tkaziladi. Biroq kelasi yilgi Mustaqililk bayrami turkmanlarga mamlakatning Osiyo o‘yinlaridagi quchgan g‘alabasini va o‘yinlarning so‘nggi kunini eslatib turishi shubhasiz.

Bayroq kuni 1997 yildan beri nishonlanayotgan 19 fevraldan 18 mayga ko‘chirildi.

Endi 18 mayda ham Konstitutsiya, ham Bayroq kuni nishonlanadigan bo‘ldi.

19 fevral Bayroq kuni bo‘lishi barobarida Niyozovning tavallud kuni ham edi.

Bundan buyon 19 fevralda hech narsa bayram qilinmaydi.

XS
SM
MD
LG