Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 03:01

GM Uzbekistanning arest qilingan mashinalaridan kamida 1500 tasi Ufadagi jamloqda zanglab yotibdi (VIDEO)


O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar Ufada sotilmasdan turibdi

Boshqirdiston poytaxti Ufa shahri chetida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan minglab yangi mashinalar jamloqda zanglab yotgani haqida Ozodlikning Ufadagi muxbiri xabar berdi. Jamloqni borib ko‘rgan muxbirimizning ob’ekt qorovuliga tayanib aytishicha, jamloqda saqlanayotgan mashinalarning hammasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi mashinalardir.

​GM Uzbekistan​ brendi - Ravonning Rossiyadagi vakolatxonasi mulozimiga ko‘ra, avtomobillar Rossiyadagi banklar talabi bilan arest qilingan.

Muxbirimizning kuzatishicha¸ jamloqdagi mashinalar abgor ahvolda: kuzovlari zanglagan¸ rezinalari chirigan¸ oftob va yomg‘irdan mashina bo‘yog‘i xiralashgan.

Oldinroq rossiyalik blogerlar o‘zbek avtomobillarinig Ufa jamlog‘ida qarovsiz yotganini yozgan edi. Voqeani o‘rgangan Ozodlik muxbiri jamloq o‘rab olingani va hudud videokamera tizimi va maxsus qo‘riqchilar nazoratida ekanligini aniqladi. Ba’zi blogerlar jamloqdagi o‘zbek mashinalari soni besh mingta ekanligini aytmoqda.

Gvardeyskiy ko‘chasidagi “o‘zbek mashinalari turmasi”

Ravonning Rossiyadagi vakolatxonasi mulozimining ismi sir qolish sharti bilan​ aytishicha, aytishicha “Ufaning Gvardeyskiy ko‘chasidagi jamloqda GM Uzbekistanga oid banklar talabi bilan arest qilingan 1500 ta mashina mavjud”.

Dilerga ko‘ra¸ bu mashinalar banklardan olingan kredit masalasi echilganidan keyin rossiyalik mijozlarga sotiladi:

"Ufadagi jamloqda ba’zilar aytgandek, 5 000 emas 1 500 ta mashina turibdi. Ular banklardan olingan kreditlarni krizis bois qaytarishda qiyinchiliklar tug‘ilgani uchun garovdagi mulk sifatida arest qilingan. Hozir krizisni hatlab o‘tdik. Qarzlarni to‘lab¸ mashinalarni sotuvga chiqaramiz. Mashinalarni O‘zbekistonga qaytarilishi ideyasiga qo‘shilmayman. Harajati ko‘payadi. Ularni shu yerning o‘zida realizatsiya qilamiz"¸ dedi mulozim.

Ufadagi mashinalar jamlog‘i
Ufadagi mashinalar jamlog‘i

Uning aytishicha¸ Rossiyadagi banklardan "O‘zavtosanoat" olgan kreditlar uchun garov sifatida qo‘yilgan 17 ming avtomobil 2016 yildan bugunga qadar haqdor banklar tarafidan arest qilinganicha turibdi.

O‘zbekiston bank tizimlarida ishlaydigan mulozimning aytishicha¸ Moskvadagi ikki tijoriy bank - "Peresvet" banki va "Sberbank"dan mashinalarni garovga qo‘yib, qarz olinishiga O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki kafil bo‘lgan.

Россияда минглаб "узбечка" занглаб ётибди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:19 0:00

“Qarz to‘lanmaguncha mashinalar zanglab yotaveradi”

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi "RAVON MOTORS RUS" vakili kredit evasiga garovda turgan mashinalar hibsga olinganini tasdiqlab¸ bu holat "Rossiyadagi moliyaviy bo‘xron ortidan ko‘pga kelgan to‘y" ekanini aytib, muammo “yechim tarafga qarab siljishiga” umid bildirdi.

Mulozimga ko‘ra¸ Ufa jamlog‘ida qolayotgan mashinalar O‘zavtosanoatning rasmiy dileri «UzDEU Avto-Ufa» tomonidan o‘z vaqtida sotuvga qo‘yilgan.

- O‘tgan yilning 4 iyulida Boshqirdiston arbitraj sudi «UzDEU Avto-Ufa»ni bankrot deb topish haqidagi da’vosini qondirmadi. Boz ustiga, vstrechniy isk bilan chiqqan OOO «Bashkirskaya stroitelnaya kompaniya» foydasiga sud «UzDEU Avto-Ufa»dan 2,03 mln rubl undirildi¸ dedi mulozim. Unga ko‘ra O‘zbekistondagi Avtosanoat invest shirkati muassisligida tuzilgan «UzDEU Avto-Ufa» Ufadagi Gvardeydkiy ko‘chasidagi mashinalar jamlog‘i uchun ijara haqini to‘lay olmasdan qolgan va asnoda uning kamomadi yarim million rubldan oshib ketgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan "Nexia " va "Matiz" avtomobillari 2016 yilgacha Rossiyada ko‘p sotilayotgan xorijiy avtomobillardan hisoblangan.

"Rossiyadagi iqtisodiy krizis ortidan o‘zbek mashinalari sotuvi kamaydi", - dedi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarning Rossiyadagi savdosi bilan shug‘ullanuvchi "RAVON MOTORS RUS" vakili.

Unga ko‘ra, Rossiya avtomobil bozorida Janubiy Koreyaning "KIA Rio", "Solyaris" kabi qator markalari savdoga chiqishi bilan, o‘zbek mashinalari bozori ancha zaiflashgan.

GM Uzbekistanнинг арест қилинган машиналари Уфадаги жамлоқда занглаб ëтибди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00

Ozodlik, o‘z ixtiyoridagi ma’lumotlarga tayanib, Rossiyaning Voronej, Lipetsk va Ijevsk shaharlarida GM Uzbekistan avtokonsernining sobiq direktori, "O‘zavtosanoat" hissadorlik kompaniyasi raisining sobiq muovini Tohirjon Jalilov va unga yaqin GM mulozimlari shirkat uchun Rossiya banklaridan olingan kreditlar hisobidan xususiy mol-mulk va biznes tizimlarini sotib olganlari to‘g‘risida, kreditlar uchun garov sifatida qo‘yilgan 17 ming avtomobil hozirda haqdor banklar tarafidan tortib qo‘yilgani iddao qilinayotgani va bu iddaolar qisman tasdiqlangani to‘g‘risida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG