Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:04

Usmonov uchog‘i Mirziyoev uchun ijaraga olingani bildirildi


"O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkati rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Airbus 340 M-IABU uchog‘i O‘zbekiston prezidentining rasmiy uchog‘i sifatida uzoq masofaga mo‘ljallangan reyslarda foydalanish maqsadida vaqtincha ijaraga olinganini ma’lum qildi. Mirziyoev MDHning Sochidagi sammitiga, undan oldin esa Nyu Yorkdagi BMT anjumaniga milliarder Usmonovning samolyotida uchib borgani jamoatchilikka oshkor bo‘lishi ortidan shirkat shunday bayonot bilan chiqdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkati 14 oktabr kuni o‘z sahifasida ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hukumati prezident Shavkat Mirziyoevning rasmiy samolyoti sifatida uzoq masofaga reyslar uchun foydalanishga samolyotlarning bir necha variantlarini qidirish va tanlab olish vazifasi topshirilgan va "shinamlik, xavfsizlik va texnik tayyorgarlik jihatidan Usmonovning GlobalJet operatori tomonidan taklif etilgan Airbus 340 M-IABU samolyoti tanlangan.

Milliy aviakompaniya havo kemasi egasi bo‘lgan Klaret Aviation Limited kompaniyasi bilan tijorat shartlarida amaldagi bozor narxlari bo‘yicha ijara shartnomasini imzolaganini bildirdi.

Lekin, uchoq qancha muddatga va qanday narxda ijaraga olingani haqda shirkat bayonotida aytilmagan.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Alisher Burxonovich Usmonovga yuqorida ko‘rsatilgan shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan foydalanish uchun Airbus 340 M-IABU samolyotini ijaraga berishga rozi bo‘ldi va tezkor taqdim etishga tayyorligi uchun minnatdorlik izhor etadi", - deyiladi "O‘zbekiston havo yo‘llari" saytida e’lon qilingan bayonotda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev shu hafta MDHning Sochidagi sammitiga, undan oldin esa Nyu Yorkdagi BMT anjumaniga milliarder Usmonovning samolyotida uchib borgani jamoatchilikka oshkor bo‘lishi ortidan shirkat shunday bayonot bilan chiqdi.

Miziyoev o‘tgan oy Nyu York shahriga Usmonovning uchog‘ida uchib borgani haqda dastlab Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati xabar bergan edi.

Shu paytgacha O‘zbekiston prezidenti ma’muriyati ham, tashqi ishlar vazirligi ham Mirziyoev nega o‘zining davlat uchog‘i qolib rossiyalik milliarder uchog‘idan foydalangani yuzasidan izoh bermagan.

O‘zbekiston telekanallari esa telesyujetlarda prezident Mirziyoev Nyu-Yorkka va Sochiga ketadigan samolyotni yirik planda ko‘rsatmadi.

O‘zbekiston rahbari Usmonovga qarashli uchoqda mamlakat jamoatchiligidan yashirin tarzda AQSh va Rossiyaga uchgani ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan ekspertlar esa, bu erda “manfaatlar to‘qnashuvi” bo‘lishi extimoliga e’tibor qaratishgan.

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov Mirziyoev jamoatchilikka nega birovning hususiy uchog‘idan foydalangani haqda tushuntirish berishi kerak, deydi.

- Mirziyoevning bir necha milliard dollari bor va siyosiy qarorlarga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega bo‘lgan biznesmenning uchog‘idan foydalangani ko‘plab savollarni o‘rtaga chiqaryapti. Shunday savollardan biri “bu yerda manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qmi”, degan savol. Menimcha, bu yerda manfaatlar to‘qnashuvi yaqqol ko‘rinib turibdi. Alisher Usmonov davlat rahbariga o‘z uchog‘ini foydalanishga berar ekan, u buning evaziga nufuzli mamlakat rahbaridan nima istamoqda, qandaydir imtiyoz yoki uzoqni ko‘zlangan manfaat? Usmonovning nima manfaat xohlayotgani menga qorong‘u. Usmonov Kremlga juda yaqin odamlardan. U Kremlning O‘zbekistondagi manfaatlari tamsilchisi sifatida ham ko‘rilishi mumkin. Nima bo‘lganidan qat’inazar, menimcha, Mirziyoev nega biznesmenning xususiy uchog‘idan foydalangani haqida darhol izoh berishi kerak,- deydi Alisher Ilhomov.

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev fikricha, har qanday prezident o‘zi uchun mo‘ljallangan uchoqda uchishi muhim narsa.

- Chunki, prezidentning samolyoti maxsus aloqa vocitalari bilan jihozlangan bo‘ladi. Prezident mamlakatda bo‘layotgan vaziyatdan xabardor bo‘lib turishi kerak. Davlat rahbarining aloqa vositalari boshqa, hususiy tadbirkor uchog‘idagi aloqa vositasi boshqa. Prezidertniki maxsus shifrlangan, kodlangan aloqa vositasi. Mamlakatda biron narsa bo‘lsa u o‘zining maslahatchilari bilan rossiyalik tadbirkor Usmonovning aloqa vositasida gaplashadimi? Bu ham manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lyapti, Mirziyoev Usmonovning uchog‘iga o‘tirib, o‘z mamlakati manfaatini oyoq osti qilayotganini ko‘rish mumkin bu yerda. Bundan tashqari prezident o‘zining samolyotida uchishi ramziy ahamiyatga ham ega. Chunki samolyotga davlat ramzlari tushirilgan va prezident shu davlat ramzlarini tashuvchisi ham sanaladi, - deydi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlash va O‘zbekiston-AQSh Biznes forumida qatnashish uchun Nyu- York shahriga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli Airbus A340-313 uchog‘ida uchib ketgani mahalliy televidenie va matbuotda yashirilganiga qaramay fosh bo‘ldi.

Ayni paytda Ozodlik Alisher Usmonovning Airbus 340 M-IABU uchog‘i 14 oktabr kuni Fransiyaning O‘rta yer dengizi sohilidagi Nitstsa shahri aeroportida turganini ​Flightradar24 sayti orqali aniqladi.

Agar Alisher Usmonovning uchog‘i O‘zbekiston prezidenti uchun ijaraga olingan bo‘lsa nega uchoq Nitssa shahrida?

Bu savolga Ozodlik "O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkatidan javob ololmadi.

XS
SM
MD
LG