Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 02:56

Qirg‘iz-Qozoq chegarasida nazorat kuchaytirilganiga 7 kun bo‘ldi. O‘zgarish yo‘q


Qirg‘iz-Qozoq chegarasidagi "Ak-Jol"nazorat punkti. 2017, 13 oktabr.

Ostona Qozog‘iston-Qirg‘iziston davlat chegarasida nazoratni kuchaytirganiga 7 kun bo‘ldi. Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatiga ko‘ra, chegaradan cheklovlar joriy qilingunga qadar bir kunda o‘rtacha 8 176 kishi, 662 ta transport vositasi o‘tgan bo‘lsa, so‘nggi kunlarda bu ko‘rsatkich keskin kamaygan. Mana shunday vaziyatda Ostona bilan Bishkek o‘rtasida "bayonotlar kurashi" boshlandi.

Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi “Qozog‘iston tomoni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) huquq me’yorlariga rioya qilmayotgani” to‘g‘risida bayonot tarqatdi.

Bunday bayonotga Qozog‘iston-Qirg‘iziston davlat chegarasidagi o‘tish punktlarida yuzaga kelgan vaziyat hamda mamlakat yuk tashuvchilari va tadbirkorlari to‘qnash kelayotgan muammolar sabab bo‘lgani aytildi.

“Qozog‘iston tomonidan barcha o‘tish punktlarida joriy etilgan qo‘shimcha nazorat YeOII to‘g‘risidagi Shartnomaning asosiy tamoyil va maqsadlariga mos kelmasligi hamda Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi maqsadlarini tahdid ostiga qo‘yayotgani” aytilgan bayonotda.

Shu munosabat bilan Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi Yevroosiyo iqtisodiy qo‘mitasi Hay’ati raisi Tigran Sargsyan nomiga tegishli maktub yo‘lladi. Maktubda YeOII to‘g‘risidagi Shartnomaning amal qilish to‘g‘risidagi 2014 yil 29 mayda qabul qilingan qoidalariga Qozog‘iston tomoni rioya etilishi yuzasidan ogohlantirish berilishi va mazkur masala YeIQ Hay’atining yaqin oradagi majlislaridan birida ko‘rib chiqilishi so‘ralgan.

Ayni paytda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatga siyosiy tus berishdan tiyilishga chaqirdi. Qozog‘iston tomonidan “Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi taomillarining buzilishi” haqidagi aytib o‘tilgan ayblovni esa, asossiz deb baholadi.

«Har qanday mamlakatda, o‘ylashimcha, o‘zining ichki iqtisodiy va boshqa xil manfaatlarini himoya qilish zarur bo‘lganda ichki choralar ko‘rilishi mumkin. Fikrimcha, hech bir narsaga siyosiy ruh berishga hojat yo‘q, shunchaki bizdagi ham, Qirg‘iziston tarafdagi ham barcha tegishli manfaatdor idoralar tezkor ishlashni davom ettirib, muammoni hal qilishi zarur”, - degan Timur Suleymenov.

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziriga ko‘ra, Qozog‘iston o‘z qonunchiligi doirasida amal qilmoqda. “Shu jumladan, biz YeOIKdan zimmamizga olgan majburiyatlar doirasida ham. Har bir taraf o‘tirib, mavjud muammoni muhokama qilish uchun Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashiga murojaat qilish huquqiga ega. – dedi Suleymenov.

Vazirning aytishicha, qaror faqatgina konsensus asosida qabul qilinadi, ya’ni taraflardan biri taklif qilinayotgan qaroga rozi bo‘lmaganda qaror qabul qilinmaydi.

Qirg‘iz-qozoq chegarasida vaziyat 10 oktabrdan murakkablasha boshlagan. Qirg‘iziston Chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan seshanba oqshomidan Qozog‘iston nazorat-o‘tkazish maskanidan o‘tayotgan shaxslar va transport vositalarini qattiq tekshira boshlagan, buning natijasida o‘tkazish punktlarida turnaqator navbatlar vujudga kelgan.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yirik va hamisha gavjum bo‘ladigan «Aqjol-Avtoyo‘l», «Aq-Tilek» avtoyo‘l o‘tish punktlarida Qozog‘iston tomonidan cheklovlar joriy qilingunga qadar bir kunda o‘rtacha 8 176 kishi, 662 ta transport vositasi o‘tardi.10 oktabrdan boshlab mazkur Nazorat-O‘tish punktlari orqali bir kecha-kunduzda Qirg‘izistondan Qozog‘istonga 3 446 kishi va 357 ta transport vositasi o‘tmoqda.

XS
SM
MD
LG