Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:43

“Spyashchie” teleseriali rejissyori kino san’atini tark etishini aytdi


 "Spyashchie" serialidan parcha.
"Spyashchie" serialidan parcha.

Kreml targ‘ibotini adabiylashtirgan “Spyashchie” dramasi rejissyori Yuriy Bikov serial keskin tanqidga uchragani uchun kino san’atini tark etishini bildirdi.

Serialda Rossiya Xavfsizlik xizmati xodimlari mamlakatda tartibsizlik keltirib chiqarish va Xitoy bilan imzolanishi kerak biznes shartnomani barbod qilish niyatidagi “uyqudagilar” bilan kurashadi. “Rangli revolyutsiya” uyushtirish niyatidagi amerikaliklar Aleksey Navalniyga o‘xshash qahramon o‘limida Rossiyani aybdor qilib ko‘rsatishga urinadi. Shuningdek, rossiyalik diplomatlar Liviyadagi Rossiya elchixonasida islomiy jangarilar hujumi qurboni bo‘ladi.

Tanqidchilar Bikovni Kremlga yoqishga urinishda ayblab, uni keskin tanqid qilishi ortidan rejissyor muxlislaridan uzr so‘rab, kino san’atini tark etishini bildirdi.

Bikov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida Kremlni “himoya qilish” orqali muxislari ishonchini oqlamaganini aytdi.

9 oktabr kuni premyera qilingan “Spyashchie” seriali Internetda keskin tanqid qilindi.

Filmni ma’qul ko‘rgan konservativlar unga bo‘lgan salbiy munosabatni “liberal isterika” o‘laroq baholashdi.

Ilk epizodda film qahramonlarining badiiy to‘qima mevasi ekanligi aytiladi. Ammo serial syujeti va qahramonlari Kreml targ‘ibotiga mos tushadi.

Filmni qisman Rossiya Madaniyat vazirligi moliyalashtirgan. Unga Fyodor Bondarchuk prodyuserlik qilgan. Serial syujetini kremlparast yozuvchi va jurnalist Sergey Minaev yozgan.

Bikov o‘zining “Mayor” va “Durak” filmlari bilan shuhrat qozongan. Har ikki filmda zamonaviy Rossiyadagi korrupsiya va axloqiy tanazzul tasvirlangan.

Shu sabab ham bo‘lsa kerak, Kremlga moydek yoqadigan yangi filmi uchun resjissyor keskin tanqidga uchradi.

“Dojd” mustaqil telekanali jurnalisti Pavel Lobkov serialni “prezident tug‘ilgan kunida TV sovg‘a” o‘laroq baholadi.

Xalqaro miqyosda shuhrat qozongan rus filmlari Rossiyaning o‘zida uncha yaxshi kutib olinmagan. Mamlakatda Kreml tarafdori bo‘lgan rejissyorlargina olqishlanadi. Zamonaviy Rossiyaga tanqidiy nazar bilan yondashadigan san’atkorlar esa e’tibordan chetda qoladi.

Filmlarning hukumat tomonidan moliyalashtirilishini Madaniyat vazirligi nazorat qilib turadi. Vazirlikning hozirgi yetakchisi Vladimir Medinskiy “vatanparvar” filmlarni olqishlab, tanqidchi rejissyorlar ishlarini tanqid qilib keladi.

XS
SM
MD
LG