Линклар

Tojikistonda o‘zi itaot etuvchi din aqidasiga amal qilib, harbiy libos kiyishdan bosh tortgan askar yarim yillik qamoq jazosiga hukm etildi. 18 yashar Daniil Islomov o‘zi a’zo bo'lgan “Iegovo guvohlari” diniy oqimida harbiy libos kiyish taqiqlanganini aytgan.

Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati harbiy sudi chiqargan hukmga ko'ra, harbiy formani kiyishdan bosh tortgan Daniil Islomov yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Islomov mahkama jarayonida diniy e’tiqodi unga harbiy libosda yurishga izn bermasligi va shu sabab u ikki yillik muqobil xizmatga tayyorligini aytdi.

Daniil Islomov yaqinlari mazkur hukm ustidan shikoyat qilishlarni bildirdi.

Nomi oshkor etilishini istamagan “Iegovo guvohlari” oqimi a’zosining aytishicha, mazkur diniy oqim a’zolariga harbiy forma kiyish, qurolni qo'lga olish va janglarda ishtirok etish mumkin emas.

Bunday ayblov bilan “Iegovo guvohlari” a’zosi oxirgi 15 yil ichida ilk bor jazolandi.

Tojikiston Oliy Majlisining vakili Abduhalim G‘afforovga ko'ra, hozir mamlakatda harbiy xizmat to'g‘risadigi yangi qonun loyihasi tayyorlanmoqda.

Uning aytishicha, yangi qonunda muqobil xizmat kӯzda tutilgan.

“Armiyada xizmat qilishni xohlamaydigan shaxslar muayyan mablag‘ to'lashsa, xizmatdan ozod etiladi. Bu pul armiya ehtiyojlariga sarflanadi. Shuningdek, xizmat muddatini ikki yildan bir yarim yilga kamaytirish rejalanmoqda” - dedi janob G‘afforov.

“Iegovo guvohlari” nasroniy oqimi 1997 yildan Tojikistonda faoliyat ko'rsata boshladi.

Ammo, 2007 yili Tojikiston Oliy Sudi ushbu diniy oqimni ekstremistik deb topdi va faoliyatini taqiqlash to'g‘risida qaror qabul qildi.

Tojikiston rasmiylariga kӯra, “Iegovo guvohlari” diniy tashkilotidagi aqidalar Tojikiston qonunchiligiga ziddir.

“Iegovo shohidlari” oqimi sobiq Sovet respublikalarining aksarida, jumladan O‘zbekistonda taqiqlangan.

XS
SM
MD
LG