Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:23

Moskva sudi o‘zbekistonlik jurnalistning Rossiya IIV ustidan shikoyatini qondirmadi


"Novaya gazeta" jurnalisti Ali Feruz
"Novaya gazeta" jurnalisti Ali Feruz

Moskva shahar Basmanniy tuman sudi juma kuni "Novaya gazeta" jurnalisti Ali Feruzning unga Rossiyadan vaqtincha berishni rad etgan Rossiya IIV ustidan yozgan shikoyat arizasini qondirmadi.

Bu haqda Ozodlik radiosiga Feruzning advokati Irina Biryukova xabar qildi.

O‘zbekiston fuqarosi Ali Feruz bir necha yil davomida Rossiyadan qochqinlik maqomi olishga urinib kelgan, lekin har gal rad javobini olgan.

IIV vakiliga ko‘ra, Ali Feruzga vatani – O‘zbekistonda hech qanday tahdid yo‘q. Biroq jurnalistning hamkasblarida mavjud ma’lumotlar, qarindoshlari va inson huquqlari himoyachilari fikricha, O‘zbekistonga qaytar bo‘lsa, Feruzning hayoti xavf ostida qoladi.

“Novaya gazeta” muxbiri Ali Feruzning ishi Strasburgdagi sudda ko‘rilishi davomida uni O‘zbekistonga chiqarib yuborish mumkin emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Shu mazmundagi talabnomani Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining Rossiya ma’murlari nomiga jo‘natgani to‘g‘risida “Memorial” inson huquqlari markazi yuridik direktori Kirill Koroteev Feysbukdagi sahifasida joriy yil avgusti boshida e’lon qilgan edi.

Moskvadagi prezident ma’muriyati binosi oldida 3 avgust kuni faollar “Novaya gazeta” muxbiri Ali Feruzni O‘zbekistonga deportatsiya qilmaslik talabi bilan piket o‘tkazdilar. Bunday piketlar Peterburg, Vilnyus va Berlinda ham o‘tkazilgani xabar qilindi.

“Chegara bilmas muxbirlar”, Amnesty International va Human Rights Watch xalqaro tashkilotlari ham Rossiya hukumatidan Ali Feruzni deportatsiya qilmaslikni talab etayotir.

Human Rights Watch tashkilotining Rossiyadagi dasturlari rahbari Tanya Lokshina:

- Ali Feruz 2008 yilda mahalliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ikki kun ushlanib, kaltaklangani va qiynoqlarga solinganidan so‘ng O‘zbekistondan qochib chiqqan. U O‘zbekistonga qaytarilsa yana dahshatli qiynoqlarga solinishi mumkin. Rossiya uni O‘zbekistonga qaytarmasligi kerak, -deb bayonot bergan.

"Novaya gazeta" muharriri Dmitriy Muratov esa Ali Feruzni Yevropa davlatlaridan biriga olib chiqib ketilishi yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini aytgan edi.

O‘zbekiston vatandoshi ekani aytilayotgan Xudoyberdi Nurmatov mart oyida migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblanib Moskvada qo‘lga olingan edi. U tez orada hibsdan ozod qilingan. Jurnalist O‘zbekistonga qaytadigan bo‘lsa u yerda uni terrorchi tashkilotga a’zolikda ayblashlari mumkinligini iddao qilmoqda.

XS
SM
MD
LG