Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:58

O‘zbekistonda davlat tilida ish yurita olmaydigan yana bir vazir tayinlandi


Mirziyoevning aksar gapiga qarsakbozlik qilayotgan vazir va amaldorlar.
Mirziyoevning aksar gapiga qarsakbozlik qilayotgan vazir va amaldorlar.

19 oktabr kuni prezident Mirziyoev tomonidan Maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga tayinlangan Agrepina Shin¸ hamkasblarining Ozodlikka aytishicha¸ o‘zbek tilini maishiy darajada bilgani holda¸ davlat tilida ish yurita olmaydi. O‘zbekiston Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova¸ O‘zbekneftgaz raisi Alisher Sultonovlar kabi davlat tilida ish yurita olmaydigan davlat amaldorlari ro‘yxati “bog‘chalar” vaziri bilan yana bittaga uzaydi.

Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O‘zbekistonda yangi ta’sis etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbarligiga 2000-yillar boshidan beri Toshkent Axborot Texnologiyalari kasb-hunar kollejiga direktorlik qilib kelgan 59 yashar Agrepina Shin tayinlandi.

Sirdaryo tumanida tug‘ilgan Shin¸ prezident Mirziyoev mansub “O‘zbekiston Liberal demokratik" partiyasi a’zosi¸ shu partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi¸ so‘ngra Senatga saylangan ayol. Bir farzandning onasi¸ uch nevaraning buvisi.

“Agrepina Vasilyevna asli sirdaryolik koreyslardan. Svyaz sohasida mutaxassis. Bizning kollej oldin Aloqa texnikumi bo‘lgan¸ shu yerda master bo‘lib ish boshlagan. 2001 yili Toshkent Axborot Texnologiyalar Kasb-Hunar Kollejiga aylanganidan beri¸ adashmasam¸ shu ayol boshliq bo‘lib kelayapti”¸ deydi yangi vazir bilan yillardan beri ayni kollejda ishlab kelaëtgan hamkasblaridan biri.

Shaxsi ochiqlanishini istamagan bu suhbatdosh Shin xonimning o‘zbek tilini ko‘cha-ko‘y darajasida bilishini ayta turib¸ uning ish yuritish darajasida emasligini ta’kidlaydi.

“Oldiga borib¸ o‘zbekcha gapirsangiz¸ tushunadi¸ oz-moz javob ham qaytaradi. Lekin kollej ishi bilan bog‘liq hamma hujjatlarni Agrepina Vasilyevna ruscha olib boradi. Kollejimizda o‘qish ikki tilda¸ shunga uncha bilinmasdi”¸ deydi bu suhbatdosh.

Davlat amaldori davlat tilini bilishi shart

1989 yilning 21 oktabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida:

O‘zbekiston Respublikasida ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart¸

deb yozib qo‘yilgan.

Bu qonun qabul qilinganidan roppa-rosa 28 yil o‘tib ham¸ O‘zbekiston boshqaruvida o‘zbek tili davlat rahbarlari ish yuritadigan tilga aylanmadi.

Xususan¸ mamlakat iqtisodiy blokiga oid tizimlarning birlamchi tili rus tili bo‘lib qolmoqda¸ davlat rahbari qabul qiladigan aksar qaror va qonunlar birlamchi matnining ham rus tilida yozilib¸ ba’zan kunlab kechikish bilan¸ o‘zbekchaga o‘girilayotgani kuzatilmoqda.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi sobiq xodimi¸ buning sababini quyidagicha izohlaydi:

“Birinchidan¸ iqtisodiy blokni boshqarayotganlarning aksariyati Vyacheslav Golishev¸ Vladimir Bronshteyn¸ Tatyana Guskova¸ Galina Saidovalarning birortasi o‘zbek tilida ish yuritgan yoki yuritadigan amaldorlar emas. Ularning ish uslubi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya iqtisodiy blokiga qaram¸ ruslardan ulgi oladi. Rossiyada chiqqan qonunchilik bo‘ladimi¸ qaror bo‘ladimi¸ shuni ko‘chirishadi¸ u yer bu yerini to‘g‘irlashadi va qonun¸ qaror tayyorlab berishadi. Ikkinchidan¸ Karimov ham¸ Mirziyoev ham bu soha boshqaruvchilarining davlat tilini “yetarli darajada” bilmasligiga ko‘p ham e’tiroz bildirmay keldi”¸ deydi 19 oktabrga qadar O‘zbekistonda yagona ayol vazir bo‘lib kelgan Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova bilan bevosita ishlagan mulozimlardan biri.

Ayni paytda¸ bu suhbatdosh¸ O‘zbekistonda tug‘ilib-o‘sgan Saidova xonimning o‘zbek tili ish yuritish darajasiga ko‘tarila olmagan bo‘lsa-da¸ uning ingliz tili o‘zbekchasidan ancha mukammalligini qo‘shimcha qiladi.

Vazirlar davlat tilida gapirmaydi. Prezident ular tilida gapiradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning davlat telekanallarida to‘liq ko‘rsatilmagan ayrim videoselektorlarining Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan video va audioyozuvlaridan¸ Mirziyoevning ish yuritish tili davlat tilida bo‘lmagan vazirlari bilan o‘zbekcha emas¸ ular tushunsin uchun¸ ruscha gapirishga o‘tishi ko‘riladi.

Xususan¸ joriy yil boshida o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishlaridan birida prezident¸ gaz va neft sohasidagi ahvol haqida gapira turib¸ vazirlik darajasidagi “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Alisher Sultonov bilan rus tilida gaplashishga o‘tgan edi.

Президент ўзбек тилини билмайдиган вазири билан унинг тилида гаплашади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:16 0:00
Бевосита линк

Davlat tilini bilmaydigan vazirlarga bunday maxsus imtiyozli yondashuv¸ prezidentning boshqa yig‘ilishlarida ham kuzatilgan.

80-yillar oxirida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uchun kurashgan mutaxassis va faollar¸ aynan davlat boshqaruvida o‘tirganlarning o‘zbek tilini ish yuritish uchun yetarli darajada bilmasligini¸ oradan 30 yilga yaqin vaqt o‘tib ham¸ bu tilning qonunda belgilangan maqomga ko‘tarila olmayotgani asosiy sabablaridan biri sifatida tanqid qiladilar.

Bog‘chalar vaziri bog‘chalar bilan qaysi tilda ish yuritadi?

Agrepina Shinning O‘zbekistonda yangi tuzilgan "bog‘chalar vaziri" etib tayinlangani¸ ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbekistonlik ziëlilar orasida munozara uyg‘otmay qolmadi.

Kimdir¸ O‘zbekistonda milliy kadrlar yetishtirish va tanlash tizimi yo‘qligini tanqid qilgan bo‘lsa¸ ayrimlar¸ yangi vazirning aksariyati qishloq hududlarida joylashgan bog‘chalar muammolarini qaysi tilda o‘rganib¸ ular yechimi ustida qaysi tilda ish olib borishi xususida fikr bildirmoqda.

"Bog‘cha vazirligi"ga ehtiyoj bormidi?

O‘zbekistonlik taniqli publitsist Sharof Ubaydullaev¸ mamlakat ta’lim tizimini bitta vazirlikka birlashtirib¸ bog‘chadan to oliy o‘quv yurtini biritish jarayoni uchun mas’uliyatni bitta tizimga yuklash o‘rniga¸ uni aksisncha¸ parchalarga bo‘lishni tanqid qiladi.

Bunday tarmoqlanishning paxtachilik sohasini qanday halokatli ahvolga olib kelganini ko‘rib turib¸ ta’lim tizimini ham parchalash¸ bu kuzatuvchi fikricha¸ uning rivoji emas¸ aksincha¸ tanazulliga yo‘l ochishi mumkin.

Sharof Ubaydullaev mulohazalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Шароф Убайдуллаев "боғча вазирлиги" таъсис этилганини танқид қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:30 0:00
Бевосита линк

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ 2017 yilning ikkinchi yarmiga kelib¸ mamlakatda 700 mingga yaqin bog‘cha yoshidagi bola bo‘lgani holda¸ 4893 ta maktabgacha ta’lim muassasasi qaydga olingan.

Xalq ta’limi vazirligi saytida qayd etilishi¸ o‘zbekistonlik bolalarning atigi 26 foizi bog‘chaga borish imkoniga ega¸ xolos.

XS
SM
MD
LG