Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:42

Toshkentda reydlar: YPX va MXX qimmatbaho mashinalarni "ovlayapti"


Jarima maydoni
Jarima maydoni

Poytaxt Toshkentda Yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlari “asosan” qimmatbaho avtomobillar egalarini turli qonunbuzarliklarda ayblab, ularga tegishli avtomobillarni ushlab, jarima maydoniga joylashtirmoqda.

YPX xodimi Ozodlikka reydlar butun Toshkent bo‘ylab Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) xodimlari hamrohligi va nazorati ostida o‘tkazilayotganini aytdi.

Haydovchilar esa, o‘z mashinalarini "jarima maydoni"dan qaytarib ololmayotganlaridan shikoyat qildi.

“Yo‘l qoidasi – umr foydasi”

“Yo‘l qoidasi – umr foydasi” nomi ostida 10 oktabrdan buyon o‘tkazilayotgan reydlarda hozirgacha o‘nlab qimmatbaho mashinalar ushlanib, “jazo maydonchasi”ga joylashtirilgan.

Ismini sir saqlash sharti bilan Ozodlikka gapirgan YPX zobiti “asosan qimmat mashinalar egalari” nishonga olinayotganini e’tirof etdi.

To‘g‘ri, asosan qimmat mashinalar egalarini ushlayapmiz. Mashinalarini tortib olib, "shtrafnaya ploshchadka"ga joylashtirayapmiz. Oxirgi paytlarda GAI xodimlarini mensimaydigan boyvachchalar ko‘payib ketgandi. Shuning uchun ularning tanobini tortib qo‘yishga harakat qilayapmiz. Shtrafni to‘laganlar yana mashinalarini qaytarib olayapti,” dedi u.

YPX xodimi jarimaga tortilgan avtomobil egalari orasida hukumat mulozimlari borligini ham bildirdi.

Jarima to‘landi, ammo...

O‘nlab qimmatbaho mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan
O‘nlab qimmatbaho mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan

​Ozodlik suhbatlashgan bir necha haydovchi ularning avtomobillari “arzimas bahonalar bilan” bilan hibsga olinganidan shikoyat qildi.

Arzimas bahonalar bilan arest qilishayapti. Mashinangni texpasporti yo‘q, noqonuniy jihozlangan, ishonchnomang yo‘q, orqa oynangga qora plyonka yopishtirilgan, degan arzimas bahonalar bilan arest qilib qo‘yishayapti. Ikkita GAI xodimi yonida ikkita formasiz odam turibdi,” dedi mashinasi tortib olingan toshkentliklardan biri.

YPX zobiti Toshkentdagi reydlar MXX xodimlari nazorati ostida o‘tkazilayotganini tasdiqladi.

Yana bir haydovchi uning mashinasini YPX xodimlari “ogohlantirish talonisiz” boshqargani uchun jarima maydoniga olib ketganini aytdi.

Unga ko‘ra, jarima to‘laganidan keyin ham mashinasi jarima maydonidan chiqarilmagan.

Shtraf ploshchadkadagi mashinamni, shtrafini to‘lasamam qaytarib berishmadi. Sababini so‘rasam, to‘lov kvitansiyangiz kompyuterga kiritilmagan, deb bahona qilishdi. Mashinamni qachon qaytarishadi, bilmayman,” dedi u.

O‘xshash reydlar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan tez-tez o‘tkazib turiladi. ​

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, YPX inspektorlari tomonidan 2017 yilning dastlabki besh oyi davomida bir yarim millionga yaqin qoidabuzarlik aniqlangan.

Toshkent shahrida 115 ta chorrahaga video kuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG