Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:15

Kam ta’minlangan oilalarga 15 mln. so‘mgacha beriladigan bo‘ldi. Qarzga...


Vazirlar Mahkamasining 23 oktabrdan kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan kam ta’minlangan oilalarga eng kam ish haqining 100 barobarigacha bo‘lgan miqdorda kredit beriladigan bo‘ldi.

Xizmat vazifasiga ko‘ra, oilalarning kam ta’minlangan qatlamini yaqindan biluvchi ba’zi mutaxassislar qarorni amalga oshirish qiyin kechishini aytmoqda.

Кам таъминланган оилаларга 15 млн. сўмгача бериладиган бўлди. Қарзга...
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:34 0:00
Бевосита линк

Mikrokredit qanday maqsadlar uchun beriladi?

Bosh vazir Abdulla Aripov 20 oktabr kuni imzolagan qaror bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, eng kam ish haqining 100 barobarigacha bo‘lgan miqdordagi mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

tikuv mashinalari, matolar va boshqa sarf materiallari, kosibchilik faoliyati uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat bilan bandlikni ta’minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish;

shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik-issiqxonalar barpo etish, chorva mollari, parranda sotib olish, og‘ilxona va tovuqxona qurish, bog‘dorchilik inventarlari va asboblari xarid qilish) maqsadlari uchun ajratiladi.

Qancha muddatga beriladi?

Qarz oluvchilarga mikrokredit qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bank kredit qo‘mitasining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori asosida beriladi.

Bugungi kreditning kechagisidan farqi nima?

Joriy yil boshi va bahorida ham mamlakat bo‘ylab, Prezidentning topshirig‘iga binoan, aholiga kredit berilgan, Ozodlikka kelgan ko‘plab xabarlarda bank xodimlari hatto uyma-uy yurib kredit taklif qilgani aytilgan edi.

Xo‘sh, 23 oktabrdan kuchga kirgan Nizom doirasida beriladigan kreditning shu paytgacha berilganidan farqi nimada?

Markaziy bank mulozimining Ozodlikka aytishicha, asosiy farq ustama foiz hajmida. Bu ko‘rsatkich joriy yil 24 iyunigacha 9%, undan so‘ng 14 % bo‘lgan bo‘lsa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan mikrokreditlar 4 % ga beriladi.

Bu haqda Nizomning 5- bandida aytilgan: “Mikrokreditlar banklar tomonidan qarz oluvchilarga eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha yillik 4 foiz stavkada ajratiladi”.

2016 yilning 1 oktabridan buyon O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdori 149 775 so‘m miqdorida. Demak, mikrokredit miqdori 14 977 500 so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Qanday oila kam ta’minlangan hisoblanadi?

“Mahalla” jamg‘armasi mutaxassisining Ozodlikka aytishicha, oila a’zolarining jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad oyiga eng kam ish haqining 1,5 barobari miqdoridan oz bo‘lsa, bunday oila kam ta’minlangan oila hisoblanadi. Bu me’yor 2012 yil, 7 iyunda qabul qilingan qarorda belgilab qo‘yilgan.

Biroq oila daromadiga ko‘ra kam ta’minlanganligini isbotlash uchun bu ko‘rsatkich yetarli emas. Oilaning kam ta’minlanganligini mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi ham tan olishi kerak.

Mikrokredit berish uchun bank nima talab qiladi?

Komissiya mikrokredit oluvchilar ro‘yxatiga qo‘shgan taqdirda ham kam ta’minlangan oila mikrokreditlar qaytarilishining ta’minoti sifatida bankka quyidagi hujjatlardan birini taqdim etishi kerak:

mol-mulk garovi;

tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasi kafolati;

uchinchi shaxs kafilligi;

qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilinganligi.

Bank xohlasa beradi, xohlamasa - yo‘q

Biroq “Mahalla” jamg‘armasi mutaxassisining fikricha, hatto talab qilingan hujjatlarni taqdim etgan chog‘ida ham kam ta’minlangan oilaga tijorat banki kredit berishga shoshilmaydi.

“Oila jon boshiga 1,5 ish haqigayam yetmaydigan pul topsa, "kreditimizni qaytarish ehtimoli juda past ekan", deb bank rad qilishi mumkin. Bank qarz olmoqchidan “kreditni qaysi daromadingizdan qaytarasiz”, deb so‘raydi, dedi “Mahalla” jamg‘armasi mulozimi.

"Yaqinda O‘zbekistonda "kam ta’minlangan oila" qolmaydi"

Ismi aytilmaslik sharti bilan gapirgan mulozim muhim bir yangilik bilan ham o‘rtoqlashdi.

Uning aytishicha, 23 oktabr kungi qarorni to‘la amalga oshirish uchun yangi tartib ishlab chiqilmoqda. Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirokida boshqa me’yorlar ishlab chiqmoqda. “Kam ta’minlangan oila”, degan iboradan voz kechib, “kam daromadli oila” iborasini qo‘llash rejalashtirilgan. 23 oktabrda kuchga kirgan qaror bilan tasdiqlangan Nizom ham kelgusida soddalashtirilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG