Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:19

Nazarboev qozoq alifbosini lotin yozuviga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi


Kazakhstan -- Fragment of the appendix to the decree on the translation of the Kazakh alphabet from Cyrillic to Latin script.
Kazakhstan -- Fragment of the appendix to the decree on the translation of the Kazakh alphabet from Cyrillic to Latin script.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev lotin yozuviga asoslangan qozoq tili alifbosini tasdiqladi. Farmon 27 oktabrda prezident mamuriyati saytida e’lon qilindi.

Farmonga ilovada lotin yozuvidagi alifboning varianti taqdim etilgan bo‘lib, u 32 ta harfdan iborat. Alifboda qozoq tilining bir nechta o‘ziga xos tovushlari yozuvda tutuq belgisi qo‘yish orqali ifodalangan.

Prezident farmonida hukumatga qozoq tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosiga o‘tish bo‘yicha milliy komissiya tuzish, qozoq tili alifbosini 2025 yilgacha «bosqichma-bosqich» lotin yozuviga o‘tkazishni ta’minlash va «qozoq tili alifbosini kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tkazishni ta’minlash» maqsadlarida boshqa, jumladan, qonunchilik tusidagi choralar qabul qilish topshirig‘i berilganligi aytiladi.

Nazarboev yanvar oyida 2017 yil oxirigacha lotin yozuvi asosidagi qozoq tili alifbosini ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq bergan edi.

Hukumat 2025 yilgacha davriy nashrlar, hujjatlar va ko‘chalar nomlarini lotin yozuviga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Lotin yozuvi Qozog‘istonda 1929 yildan 1940 yilgacha qo‘llanilgan edi. 1929 yilgacha mamlakatda arab yozuvi qo‘llanilgan.

XS
SM
MD
LG