Линклар

Safar Bekjon: "Gulnoraning qo‘lida 90 ta oilaga qarshi kuchli kompromat bor!"

  • Озодлик

Safar Bekjon Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyida. 23 dekabr¸ 2013 yil.

Sarlavhaga chiqarilgan bayonot Shveysariyada yashayotgan o‘zbekistonlik syosiy faol Safar Bekjonnikidir. Uning Ozodlikka bergan suhbatida aytishicha, O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovada keyingi 25 yil davomida O‘zbekiston boyliklarini o‘g‘irlab kelayotgan 90 ta oilaga oid maxfiy hujjatlar mavjud. Safar Bekjon "o‘sha hujjatlarning nusxasini menga Gulnora Karimovaning o‘zi jo‘natgan", dedi.

(Ozodlik bu hujjatlar mavjudligini bevosita tasdiqlay olmaydi¸ ularni ko‘rgani¸ ular mazmuni bilan tanishgani yo‘q.)

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatidagi Gulnoraga yaqin generallar tomonidan to‘plangan bu maxfiy ma’lumotlarda¸ Safar Bekjonning iddaosicha¸ "mamlakat iqtisodining barcha serdaromad sohalarini o‘z mulkiga aylantirgan qudratli oilalarga tegishli shirkat nomlari¸ ularning xorijdagi bank hisoblari keltirilgan".

Ana shunday kompromatlar mavjudligi¸ Gulnorani bugun ham O‘zbekiston hokimiyati tepasida qolayotgan ushbu qudratli oilalar uchun jiddiy tahdid manbaiga aylantirgan va Karimovaning hech kim¸ xususan¸ kelasi hafta O‘zbekistonga safar qilishni rejalagan Shveysariya tergov guruhi va advokatga ko‘rsatilmasligi sababi ham ana shu hujjatlarga borib taqaladi¸ deydi Safar Bekjon.

Faolning bunday taxminlariga asos bo‘lgan mulohazalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG