Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:56

Barselonada Ispaniya birligi uchun miting bo‘lib o‘tdi (VIDEO)


27 oktabr kungi namoyish, Barselona
27 oktabr kungi namoyish, Barselona

Kataloniya poytaxti Barselona shahrida yuzlab kishilar norozilik namoyishiga chiqdi. 29 oktabr kungi miting Madriddagi markaziy hukumat Kataloniyaning muxtoriyat maqomini bekor qilingach, ikki kundan so‘ng o‘tkazilmoqda. Undan oldin viloyat parlamenti mustaqillik e’lon qilgan edi.

Barselonadagi “Kataloniya barchamiz uchun!” shiori bilan namoyish o‘tkazayotgan mamlakat birligi tarafdorlaridir.

8 oktabr kuni Ispaniyaning bir bo‘lagi sifatida yuz minglab kishilar Barselona ko‘chalariga chiqqan edi.

27 oktabr kuni Kataloniya parlamenti (70ta yoqlash,10tasi qarshi) mustaqillikni yoqlab ovoz berganidan so‘ng ushbu qarorni qo‘llab, minglab kishilar ko‘chaga chiqqan edi.

Ovoz berish natijalari ma’lum bo‘lishi bilan Ispaniya senati (214ta yoqlash, 47 ta qarshi) rasmiy Madridning Kataloniyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, muxtoriyat prezidenti Karles Puchdemon va uning hukumati vakillari lavozimlaridan chetlatildi.

Ispaniya Bosh vaziri Mariano Rahoy hukumati Kataloniyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvini qo‘liga olgani, viloyat hukumati tarqatib yuborilgani va u yerda 21 dekabr kuni saylov bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Kataloniya 1 oktabr kuni ruxsat berilmagan mustaqillik referendumi o‘tkazgandan so‘ng Ispaniya so‘nggi o‘n yillardagi eng og‘ir siyosiy buhronga duch keldi.

Kataloniya hokimiyat idoralarining xabar birishicha, referendumda ovoz bergan saylovchilarning 90 foizi mustaqillikni tanladi. Biroq referendum oldidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, fikri so‘ralganlarning faqat 40 foizi mustaqillikni yoqlayotganini bildirgan edi.

Ayni paytda, Puchdemon o‘z tarafdorlarini Ispaniyaning bevosita boshqaruviga qarshi bo‘lgan “demokratik muxolifat”ga birlashishga da’vat qilib chiqdi va “mustaqil mamlakat qurish yo‘lida mehnat qilish”ni davom ettirishga va’da berdi.

Uning televidenie orqali kataloniyaliklarga qilgan murojaati oldindan yozib olingan bo‘lib, 28 oktabr kuni efirga uzatildi.

Sobiq hukumat rahbarining fikricha, faqat muxtoriyat parlamenti Kataloniya hukumatini saylashi yoki tarqatib yuborishi mumkin.

Shu paytgacha erishilgan yutuqlarimizni himoya qilishning eng maqbul yo‘li 155-modda qo‘llanishiga qarshi demokratik muxolifatda bo‘lishdir, – dedi Puchdemon Madridning Kataloniya ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat o‘rnatishiga asos bo‘lgan Konstitutsiya moddasini nazarda tutib.

XS
SM
MD
LG