Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:15

OzodDayjest: Xorazm, Navoiy va Qoraqalpog‘iston paxta rejasini bajargani yolg‘on bo‘lib chiqdi


Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta rejasini bajargani yolg‘on bo‘lib chiqqani to‘g‘risida kun.uz sayti xabar qildi. Saytga ko‘ra, 30 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda paxta terimi vaqtida amalga oshirilgan qo‘shib yozishlar fosh qilingan. Natijada, Toshkent va Jizzax viloyati hokimlari qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani uchun ishdan olingan, Xorazm viloyati hokimi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari jiddiy ogohlantirilgan.

13 oktabr kuni Xorazm viloyati, 20 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 27 oktabr kuni Navoiy viloyati paxta sotish rejasini bajargani haqida ma’lum qilingandi.

Endi bu hududlarning natijalari bekor bo‘ldi va asl holatiga qaytarildi. Kun.uz buni tasdiqlovchi ikki hujjat suratini ham e’lon qildi.

28 oktabr holatiga ko‘ra, Jizzax va Toshkent viloyatlari Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xomashyosi tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma reytingida 9 va 10 o‘rinlarda joylashgandi. Avvalgi reytingda Jizzax viloyati paxta rejasini 83,44 foizga yetkazgani keltirilgandi. Yangilangan reytingda esa, aslidagi ko‘rsatkich - 76,83 foiz.

Toshkent viloyati ko‘rsatkichlarida farq juda katta - 10 foizdan ortiq. 28 oktabr kungi ma’lumotnomada viloyat rejani 82,98 foizga yetkazgani ma’lum qilingandi. Aslida esa viloyatning ko‘rsatkichi - 72,55 foiz. Oxirgi o‘rin.

Bundan tashqari, 28 oktabr kungi va 30 oktabr kungi ma’lumotnomalar solishtirilganida Andijon va Buxoro viloyatlarining natijalarida 5 foiz atrofida farqlar bo‘lgani ko‘rinadi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati ham qo‘shib yozganlar qatorida.

Yangilangan «svodka»ga ko‘ra, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida qo‘shib yozish holatlari qayd etilmaganini ko‘rish mumkin. Lekin bu oxirgi voqealar hisobga olinsa, eng aniq ma’lumot bo‘la olmaydi.

Ayni vaqtda respublikaning rejasi 88 foizga yetgan

XS
SM
MD
LG