Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

Farg‘onalik folbinning o‘g‘li va kelini pichoqlab ketildi


Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanining Shomirza qishlog‘ida yashaydigan folbin Oyshaxon Shermatovaning 24 yashar o‘g‘li va 22 yashar kelini o‘tgan juma kuni o‘z uyida pichoqlab ketildi. Olingan jarohatdan o‘g‘il o‘sha zahoti jon bergan, kelinning hayoti esa kasalxonada saqlab qolingan. Voqeani tuman prokuraturasi tergov qilmoqda.

Ismi sir qolishini so‘ragan Shomirza qishlog‘i mahalla faollaridan birining Ozodlikka aytishicha, voqea 27 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan:

“Oysha xolaning Qirguli shahrida ham kvartirasi bor ekan. Ba’zan o‘sha yerda ham yashab turarkan. 27 oktabr kuni mijozlarni qabul qilgani qishloqdagi uyiga kelibdi. O‘g‘li bilan kelinini yotgan xonasidan chaqirsa javob bermabdi, keyin ichkariga kirsa, ikkisi ham qonga belanib yotgan ekan. Dod solib qo‘shnilarini chaqiribdi, qo‘shnilar tez yordamga telefon qilibdi. Do‘xtirlar kelib ko‘rishsa, o‘g‘lining joni uzilib bo‘lgan ekan, kelinini do‘xtirga olib borib, hayotini saqlab qolishibdi”, dedi mahalla faoli.

Uning aytishicha, qotillik o‘g‘rilik maqsadida qilinmagan:

“Uydan hech narsa o‘g‘irlanmagan. Oysha xola o‘g‘lini uylantirganiga endi ikki oycha bo‘lgan edi. Kim ularni pichoqlagani hozircha noma’lum. Agar kelin hushiga kelsa bu haqda balki biror narsa aytar”, dedi mahalla faoli.

Farg‘ona viloyati prokuraturasining ismi sir qolishini so‘ragan xodimlaridan biri, Ozodlikka shunday voqea bo‘lganini tasdiqlar ekan, qotillik bo‘yicha bir necha versiya ko‘rib chiqilayotganini aytdi:

“Kasalxonada yotgan kelin o‘ziga kelgan, uning jarohati og‘ir emas. Kelinning aytishicha, ular ikkisi o‘z joniga qasd qilgan. Avval eri o‘ziga pichoq sanchgan, keyin bu o‘ziga. Sababi esa, qaynona bilan kelishmovchilik degan. Lekin bu juda zaif versiya. Tergovchilar qotillik sodir bo‘lishida kelinning o‘zi qotil bo‘lish yoki boshqa shaxslar ishtiroki ehtimolini ham tekshirmoqdalar”, deydi mulozim.

Shomirza mahallasida istiqomat qiluvchi, ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchilardan birining aytishicha, 47 yashar Oysha Shermatova folbinligi bilan tanilgan:

“Oysha xolani, Oysha baxshi ham deb aytishadi. Uyining oldida doim 5-10ta qimmat mashinalar turardi. Bu mijozlardan ko‘pini ayollar tashkil etardi. Yo‘limni ochib qo‘ying, erimni isitib bering, bozorimizning yo‘lini ochib bering deb kelguvchilar ko‘p bo‘lardi”, deydi o‘qituvchi.

O‘zbekistonda maishiy muammolar negizida sodir bo‘lgan boshqa shu kabi fojealar to‘g‘risida Ozodlik bir necha bor xabar qilgan.

Joriy yilning 31 avgustida Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashaydigan ayol o‘g‘li bilan birga Qumqo‘rg‘on tumanidagi kundoshini o‘ldirib, ikki yosh bolasi bilan yoqib yuborgan edi.

14 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida uch farzandning onasi qaynonasi bilan uy-joy ustida talashib, uyiga o‘t qo‘yib yuborgan, oqibatda 72 yoshli qaynona o‘tda yonib halok bo‘lgan edi. Ayolning 9 yashar o‘g‘il kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Joriy yilning 19 avgust kuni Farg‘onaning Bag‘dod tumani, Olchin qishlog‘ida 51 yoshli ota 27 yoshli o‘z o‘g‘lini, ustiga benzin qo‘yib, yoqib yuborgan edi. Ota jinoyat joyidan g‘oyib bo‘lgan va keyinchalik ushlanib, hibsga olingan. Jabrlanuvchi o‘g‘il tanasining 70 foizi kuyib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Avgust oyi boshida Farg‘onada 51 yoshli ota 27 yoshli o‘z o‘g‘lini, ustiga benzin qo‘yib, yoqib yuborgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

O‘tgan yilning fevral oyida Buxoroda 47 yoshli o‘g‘il o‘zaro janjal payti jahl ustida ota-onasi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgandi.

Xorazmning Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ida esa 2016 yilning yanvarida 30 yoshli ayol oilada yetishmovchilik sabab ikki farzandini pichoqlagan edi.

XS
SM
MD
LG