Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:33

A. Mansur: Terror hujumini xorijda radikallashgan o‘zbeklar qilmoqda


O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur Nyu-Yorkdagi terror xurujini keskin qoraladi. Ozodlik bilan suhbatda mulozim bunday hujumni sodir etayotgan o‘zbekistonliklar mamlakat ichkarisi emas, tashqarisida radikallashgan, degan fikrni bildirdi.

Diniy idora mulozimiga ko‘ra, yillar davomida hukumat radikal guruhlarga qarshi keskin kurashib kelmoqda va o‘zbekistonliklarning mamlakat ichkarisida radikallashuviga “hech qanday sharoit yo‘q”.

Mulozim keyingi yillarda xorijda terror hujumini sodir etayotgan o‘zbekistonliklarni “xorijdagi turli guruhlarning tuzog‘i”ga tushib qolayotganlar, deb atadi va buning sababini o‘zbek millatining zehniyatiga bog‘ladi.

- Bizning xalqimiz sodda va biror ishga kirishsa, butun borlig‘i bilan kirishib, berilib ketadi. Shu bois, chetga chiqqan yoshlarimiz shunaqa guruhlarning tuzog‘iga tushib qolayapti, deb o‘ylayman. Shuning uchun, xorijda yurganlar har-xil guruhlar ta’siridan ehtiyot bo‘lishlari lozim, - dedi Diniy idora mulozimi.

А. Мансур: Терор ҳужумини қилаётган ўзбеклар хорижда радикаллашмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:01 0:00
Бевосита линк

31 oktabrda Nyu-York shahrining Quyi Manhetten mintaqasida 29 yoshli O‘zbekiston vatandoshi Sayfullo Habibullaevich Soipov terror hujumini sodir etdi.

Hujumda 8 odam o‘ldi, 10dan ortiq odam ham jarohatlandi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, hodisa joyida qo‘lga olingan gumondor shaxs Qo‘shma Shtatlarga 2010 yilda borgan Sayfullo Habibullaevich Soipov ismli 29 yashar O‘zbekiston vatandoshidir.

Politsiyaning aytishicha, kiraga olingan avtoulov maktab avtobusiga borib urilishidan oldin velosiped haydovchilari va piyodalarni ustiga yurgan.

So‘ngra Soipov qo‘lida peyntbol quroli va pnevmatik to‘pponcha bilan voqea joyidan qocha boshlagan. Politsiya uni qornidan yaralab, hibsga olgan.

NBCNewYork.com namoyish etgan videoda Soipovning qo‘lida ko‘rinishidan peyntbol qurolini tutgan holda avtomobil yo‘lidan yugurib borayotgani ko‘rinadi.

Bu AQShda avtoulovni odamlar ustiga haydash yo‘li bilan amalga oshirilgan birinchi terror harakati bo‘ldi. Bunga qadar bunday hujumlar Yevropaning qator davlatlarida amalga oshirilgan edi.

Bundan tashqari, bu hujum Nyu-Yorkda 2001 yil, 11 sentabrida Jahon Savdo markazining egizak binolari qulaganidan beri amalga oshirilgan eng qonli hujum, deb baholanmoqda.

XS
SM
MD
LG