Линклар

"Yevrosement" kompaniyasi Toshkent viloyatidagi "Ohangaronsement" shirkati bazasida loyiha qiymati 160 million dollarlik zavod qurilishiga sarmoya yotqizadi, deb xabar qildi RIA Novosti "Yevrosement grup" matbuot xizmatiga tayanib.

Yiliga "quruq usulda" 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan zavod 2020 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur zavodni qurish bo‘yicha bitim 2 noyabr kuni “O‘zqurilishmateriallari” boshqaruvi raisi Botir Zaripov va Rossiyaning “Yevrosement grup” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Filaret Galsevlar o‘rtasida imzolandi.

Qurilishni Xitoyning Beijing Triumph International Engineering So shirkati amalga oshiradi.

Shartnomani imzolash jarayonida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari ishtirok etdi. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Toshkentga 2 oktabrda rasmiy safar bilan kelgan edi. Medvedev 3 noyabr kuni Toshkentda o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari kengashida ishtirok etadi.

O‘zbekistonda ayni paytda yiliga 8,5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 5ta sement zavodi bor.Keyingi besh yil ichida O‘zbekistonda sement ishlab chiqarishni yiliga 17 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.

XS
SM
MD
LG