Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:21

AQSh Elchixonasi: Green Card bilan bog‘liq hech qanday o‘zgarish yo‘q


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Ozodlik radiosining “Grin kard” lotereyasi bilan bog‘liq prezident Trampning bayonoti ortidan so‘roviga javoban, bu masalada hech qanday o‘zgarish yo‘qligini ma’lum qildi.

29 yashar o‘zbek Nyu-Yorkda sodir etgan terakt ortidan prezident Tramp Kongressdan "Grin kard" lotereyasini tugatishni so‘rashini bildirdi. Bu lotereyani to‘xtatish talabi bilan Kongressga taqdim qilingan to‘rtinchi loyihadir va amerikalik ekspertlar bu gal dasturning tugatilishi, qisqartirilishi yoki o‘zgartirilishi ehtimoli kattaligini aytmoqdalar.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Ozodlik radiosiga yo‘llagan javob xatida “Shu kunlarda Kongress tomonidan qabul qilingan Diversity Visa dasturi (Grin kard lotereyasi – tahr.) bo‘yicha hech qanday o‘zgarish yo‘q”, deyilgan.

Elchilik xavfsizlik masalasi ustuvor ekanligiga urg‘u berar ekan, bunday deb yozgan.

“Milliy xavfsizlik viza so‘rovi bitilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda bizning asosiy ustivor masalamizdir. AQShga borishni istagan har bir potentsial sayohatchi, shu jumladan Diversity Visa dasturi (Grin kard lotereyasi – tahr.) bo‘yicha ariza topshirganlar keng ko‘lamli xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkaziladi”.

Elchixonaning bildirishicha, 2013 yildan buyon barcha viza oluvchilar AQShga borishga haqli ekanliklariga ishonch hosil qilish uchun ariza topshirgan vaqtda ham, vizani olganidan keyin ham tekshiruvda bo‘ladi.

Elchixona sayohat va immigratsiyani AQSh fuqarolari himoyasini ta’minlagan holda uyushtirish uchun tekshiruv jarayonini takomillashtirish mexanizmlarini topish maqsadida hamkor agentliklar bilan doimiy ish olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG