Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:06

O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi kelmoqda


Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini.

2017 yilning 9 noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini boshchiligidagi delegatsiya safar qiladi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, delegatsiya tarkibida Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiylar bo‘ladi.

Aytilishicha, Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev qabul qilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga ko‘ra, YeI delegatsiyasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

10-11 noyabr kunlari BMT shafeligida o‘tkaziladigan anjumanda 500 odam, jumladan, mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerikadan hukumat delegatsiyalari, 10dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari, yuzdan ortiq xalqaro ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etadi.

Anjumanda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Miroslav Encha, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar mutasaddisi Federika Mogerini, YeXHT bosh kotibi Tomas Greminer va boshqalarning nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Federika Mogerini joriy oyda O‘zbekistonga safar qilishi Ozodlikka sentyabrning boshida ma’lum bo‘lgan edi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian Ozodlik radiosiga bergan suhbati davomida bildirgan edi.Burian YeIning O‘zbekiston rahbariyati o‘zgargach, bu mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlar dinamikasini yuqori baholagan edi:

“Biz Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston munosabatlaridagi yangi dinamikani yuqori baholaymiz. O‘zbek hamkorlarimiz bilan uzoq vaqt muhokama qilganimiz masalalar - bozorni ochiqroq, valyutani konvertatsiyalash usullarini qulayroq qilish masalalarida katta siljishlar bo‘layotganini ko‘rayapmiz”, degan edi sentabrda Peter Burian.

Joriy yilning 17 iyulida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Islom Karimov vafotidan so‘ng o‘tkazilgan eng yuqori darajali siyosiy so‘zlashuvlarda O‘zbekistondagi demokratiya¸ inson haqlari vaziyati muhokama qilingan edi.

Bu haqda o‘zaro uchrashuvdan so‘ng YeIning joriy prezidenti¸ Estoniya Tashqi ishlar vaziri Sven Mikser va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot bergan edi:

- Biz 2005 yilgi voqealarni bu uchrashuvda muhokama qilganimiz yo‘q. Ammo bu biz nozik masalalarni muhokama qilishdan tiyildik¸ degani emas. Uchrashuvda inson haqlari¸ fundamental erkinliklar va qonun ustivorligi kabi mavzularda obdon gaplashdik¸ degan edi YeI rasmiysi jumladan.

Toshkent diplomatlari rahbari ham¸ o‘z estoniyalik hamkasbi baënotini quvvatlab:

- 2005 yilgi Andijon voqealarini muhokama qilmadik. Biz bu voqealar yuzasidan keng ko‘lamli va chuqur tergov o‘tkazganmiz. Hozirgacha bu voqealarga oid savol bergan hamkorlarimizning hammasiga har tomonlama qanoatlanarlik javob berib bo‘lingan¸ degan edi jumladan.

YeI va O‘zbekiston o‘rtasida 17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan siyosiy so‘zlashuvlarda o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga oid kelishuvga erishilgan edi.

XS
SM
MD
LG