Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:15

Andijonda tonnasi 150 ming so‘mlik "xalq ko‘miri"ni 700 mingdan pullayotganlar ushlandi


Asaka ko‘mir ombori
Asaka ko‘mir ombori

Andijon viloyat, Asaka tumanidagi ko‘mir omborida aholiga arzon narxda sotish uchun olib kelingan ko‘mirning g‘ayriqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar 4 noyabrda ushlandi. Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi va MXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida ombordan g‘ayriqonuniy olib chiqib ketilayotgan bir necha yuk mashinasi ushlangan. Oradan ikki kun o‘tib Axtachi ko‘mir omborida ham g‘ayriqonuniy ko‘mir ortilgan bir necha mashina qo‘lga olingan.

Андижонда 150 минглик "халқ кўмири"ни 700 мингдан пуллаётганлар ушланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:56 0:00
Бевосита линк

Asaka tuman hokimiyatida ishlaydigan, ko‘mir voqeasidan yaxshi xabardor Ozodlik manbasi 4 noyabr kuni shahardagi ko‘mir omborida katta tekshiruv boshlanganini aytdi:

“Asakaga to‘qqiz vagon ko‘mir kelgan edi. Grajdanskiy kiyimdagi MXX bilan ichki ishlar vakillari ko‘mir ortib chiqqan mashinalarni birma-bir ushlab, Asaka shahar ichki ishlar bo‘limiga olib borib qamab qo‘yishdi. Ombor pechatlab qo‘yildi. Men militsiyadan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqqa arzon narxda sotilishi kerak bo‘lgan ko‘mirni, omborchilar qimmat pulga sotib kelgan”, dedi mulozim.

Asaka ko‘mir ombori
Asaka ko‘mir ombori

Mulozimning aytishicha, ayni paytda ko‘mir omborining mas’ullari o‘zgargan va 7 noyabrdan boshlab aholiga ko‘mir tarqatilyapti:

“Ko‘mir ortgan beshta GAZ-52, GAZ-53, ZiL yuk mashinalarinining ko‘miri tarozida tortilib, akt qilinib omborga to‘kildi. Mashinalarni jinoyat quroli sifatida jarima maydonchasiga olib borib qo‘yishdi. Skladdagi mas’ul odamlar o‘zgartirildi. Hozir tergov davom etyapti”, dedi mulozim.

Asakadagi ko‘mir omboridagi vaziyatni nazorat qiladigan ichki ishlar xodimlaridan biri, ombor rahbarlari o‘zgartirilganini, aholiga belgilangan tartibda ko‘mir tarqatilayotganini Ozodlikka tasdiqladi:

“Ombordagi rahbariyat yuz foiz almashtirildi. Tergov davom etyapti. Ko‘mirning davlat narxi bir tonnasi 150 ming so‘m. Lekin, omborchilar ko‘mirning sarasini g‘ayriqonuniy tarzda 600-700 ming so‘mdan pullashda gumonlanyapti. Endi bu narsaga chek qo‘yildi. Aholiga tartib bilan, mahallaning spravkasiga binoan ko‘mir berilyapti”, dedi militsiya xodimi.

Lekin, Asaka tumanidagi ismi sir qolishini so‘ragan mahalla raislaridan birining Ozodlikka aytishicha, ombor mudiri E. J. ustidan tergov ketayotgan bo‘lsa-da, lekin ombor rahbariyatida jiddiy o‘zgarish bo‘lmagan:

“Bular juda katta puldor odamlar. Hozir omborni mudirning Asakada Qora Shahzoda degan laqab bilan tanilgan jiyani boshqarmoqda. Tarozida boshqa odamu, lekin vaqtinchalik rahbar jiyan. Mening militsiyadagi tanishimning aytishicha, bu katta o‘g‘rilikni Jinoyat kodeksidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi, mayda tashmachilikka o‘zgartirishga harakat qilinyapti ekan. Qani ko‘ramiz, oxiri nima bo‘ladi ekan”, deydi mahalla oqsoqoli.

Oqsoqolning bu gapini tuman hokimligi mulozimi izohlashni istamadi.

Mahalla oqsoqolining aytishicha, ko‘mir tarqatishda eng birinchi o‘rinda paxta terimida ishtirok etganlar e’tiborga olinyapti:

“Eng avvalo bu yil paxta terimiga chiqqan xonadonlarni ta’minlaymiz. Har bir xonadonga 500 kilodan ko‘mir beriladi”, dedi mahalla oqsoqoli.

Ozodlikning Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasidan olgan ma’lumotiga ko‘ra, 6 noyabr kuni Asakadagi Axtachi ko‘mir omborida ham reyd o‘tkazilgan:

“Asaka Axtachi ko‘mir omborida xam kecha ko‘mir ushlandi, 4 ta mashina 20 tonnadan oshiq ko‘mirni g‘ayriqonuniy tarzda olib chiqib ketayotganda qo‘lga olindi. Hozir tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti”, dedi ichki ishlar boshqarmasi mulozimi.

Ozodlik Asaka shahridagi omborda ko‘mir olish uchun ur-to‘polonlar haqida avval ham xabar bergan edi.

O‘zbekistonda qish paytida gaz va elektr energiyasi taqchilligi sabab, aholining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji kuchayadi.

“O‘zbekko‘mir” aktsiyadorlik jamiyati bir yilda 3 million tonnadan ziyod ko‘mir qazib olsa ham, lekin bu miqdor barcha aholini ko‘mir bilan ta’minlashga yetmaydi. Chunki,bu miqdorning 85 foizi elektr energiyasi ishlab chiqarishga sarflanadi.

XS
SM
MD
LG