Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:31

Toshkentda uch opa-singil zaharlanishdan vafot etdi


Qizchalarning ikkisi ana shu bog‘chaga qatnagan
Qizchalarning ikkisi ana shu bog‘chaga qatnagan

Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashaydigan ota-onaning 7,6,4 yashar qizlari zaharlanishdan vafot qildi. Qizchalar yaqinlarining Ozodlikka aytishicha, qiyma kabob yeganidan so‘ng qorni og‘rigan bolalarga otasi aptekadan dori olib bergan va qizchalar shu doridan zaharlangan. Kabob pishiradigan kabobxona va ularga dori sotib olingan apteka muhrlangan va tekshiruv ishlari olib borilyapti. Shahar prokuraturasi bu voqea yuzasidan jinoyat ishi ochgan.

Тошкентда уч опа-сингил заҳарланишдан вафот этди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:28 0:00
Бевосита линк

Toshkent shahrining Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on mavzesida istiqomat qilgan yetti yashar Munisa, olti yashar Muxlisa va to‘rt yashar Mohira 8noyabr kechasi 9 noyabr kuni ertalab bir necha soatning ichida ketma-ket vafot qilgan.

Marhumalar qo‘shnilaridan birining qizchalar otasi gapiga tayanib Ozodlikka aytishicha, o‘sha kuni otasi olib kelgan qiyma kabobdan bolalarning qorni og‘rigan va ularga aptekadan dori olib berilgan:

“Otasining aytishicha, o‘sha qiyma kabobni hammalari yegan. Lekin faqat bolalarning qorni og‘rib qolib, qusishni boshlagan. Shunda u aptekadan borib qorin og‘riqqa qarshi dori olib kelib bergan. Lekin kechasi bolalarning ahvoli yanada og‘irlashgan. Keyin tez yordam chaqirishgan. Aytishlaricha, ulardan bittasi yo‘ldayoq vafot etgan. Bu shunaqa ham dahshat bo‘ldiki, hamma shokka tushib qoldi. Onasi hushidan ketib qolgan”, deydi qo‘shnilardan biri.

Uning aytishicha, qizlardan kattasi bu yil birinchi sinfga borgan, ikkisi bog‘chaga qatnagan.

Qo‘shnining so‘zlariga ko‘ra, qizchalar o‘rtahol oiladan bo‘lgan. Ularning dadasi kirakashlik qilib oila tebratgan.

Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limining mulozimi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi:

“Qizchalarning eng kichigi 8 noyabr kuni kechqurun soat 11larda Olmazor tumanidagi bolalar kasalxonasida vafot etgan. Qolgan ikki qizchaning ahvoli juda og‘ir bo‘lganligi uchun Uchtepa tumanidagi yuqumli kasalliklar kasalxonasiga yuborilgan. Lekin, ular 9 noyabr kuni ertalab vafot etgan. Biz olgan ma’lumotga ko‘ra, bolalar o‘sha kunning o‘zida ekspertiza qilingan. Asosiy zaharlanish ovqatdan bo‘lganmi yoki doridan bo‘lganmi, bunisini hozir aniq aytolmayman. Qizchalar ichgan dorilar ham ekspertizaga olingan. Bu masala bilan hozir shahar prokuraturasi shug‘ullanyapti”, dedi ichki ishlar mulozimi.

Mulozimning aytishicha, qizchalar yegan kabob pishirilgan oshxona va dori sotib olingan apteka muhrlanib, tekshirilyapti.

Toshkent shahar prokuraturasidan bu voqeaga munosabat olishning imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda

XS
SM
MD
LG