Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:37

O‘zbekistonlik prodyuser pop yulduz Arashni sudga bermoqchi (video)


Prodyuser Nigora Soim
Prodyuser Nigora Soim

O‘zbekistondagi Nigora Media Group​ rahbari Nigora Soim Ozodlik bilan suhbatda tagi eronlik xonanda, pop yulduz Arashni sudga berish uchun barcha hujjatlar tayyorligigini aytdi. Nigora Soimga ko‘ra¸ u Arashning Toshkentdagi kontsertga kelmagani bois, 50 ming dollarga yaqin zarar ko‘rgan. Arashning Toshkentdagi kontserti dastlab 13 oktabrga belgilangan, keyin 31 oktabrga ko‘chirilgan edi.​

- Kelishuvga ko‘ra, Arashga oldindan gonorarning 50 foizini to‘ladim¸ mana bank hujjati (hujjat nusxasi Ozodlikda mavjud). Shuningdek, uning 11 kishilik jamoasi a’zolariga chipta ham yubordim¸ mana chiptalar. Ammo, shunga qaramasdan, Arash kelmadi. Konsert bekor bo‘ldi. Mingga yaqin chipta pulini tomoshabinlarga qaytarib berdim. Asnoda 50 ming dollarga yaqin zarar ko‘rdim. Bu zararni undirish uchun Arashni sudga berishga barcha hujjatlar tayyor¸ dedi O‘zbekistondagi Nigora Media Group rahbari.

Janjalli konsert

Asli eronlik pop yulduz Arashning yakkaxon konserti Toshkentda bekor qilinishi janjalli bo‘ldi. Taniqli pop yulduzning Toshkentdagi konsertini 31 oktabrda o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Ammo konsertdan bir kun oldin Arash O‘zbekistonga borishdan bosh tortdi. Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda san’atkor Arash buni Toshkentdagi konsert uyushtiruvchilarini o‘z vazifalarini bajarmagani bilan izohladi. Arash o‘zining bu voqeaga munosabatini uning vakili malakali ifoda qilishini bildirdi.

Qo‘shiqchi Arash Ozodlik muxbiriga suhbat bermoqda
Qo‘shiqchi Arash Ozodlik muxbiriga suhbat bermoqda

Arashning prodyuseri: Pulimizni bermadi

Arashning prodyuseri, Henrik Ulman, 14 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda, Arashni Toshkentga taklif qilgan Nigora Media Group o‘z va’dalariga rioya qilmagani uchun konsertni bekor qilishga majbur bo‘lishganini aytdi.

“Pulimizni oldindan to‘laligicha berishmadi. Shunga konsertni bekor qildik. Bizning ilk guruhimiz shanba kuni ertalab (28-oktabrda) Toshkentga uchishi kerak edi. Ammo, pulimizni to‘laligicha o‘tkazishmasa, biz hech kimga yo‘lga chiqishga izn bermaymiz”, - dedi Henrik Ulman.

Nigora Soim: Arash avansni olgan

Nigora Media Group rahbari Nigora Soimning Ozodlik muxbiriga aytishicha, u Arashning konserti uchun kelishilgan shartnomaning barcha talablarini bajarganini ma’lum qildi. U oldindan to‘lanishi kerak bo‘lgan 20 ming dollar yuborilganini aytdi va to‘lov hujjatini Ozodlikka taqdim qildi.

Поп юлдузи Арашни ўзбекистонлик продюссер судга беряпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:05 0:00
Бевосита линк


Ammo Henrik Ulman Ozodlik bilan suhbatda, Nigora Media Groupni ularni davomli aldaganlikda va shartlarni bajarmaganlikda aybladi.

“Muammo shundaki bajara olmaydigan va’dalarni berishdi va boshidan oxirigacha yolg‘on gapirishdi. Shuning uchun konsertdan bir necha kun oldin konsertni bekor qilishga qaror qildim,” dedi Henrik Ulman.

Nigora Soim pulni olindan to‘lashda qisman muammolar bo‘lganini e’tirof etdi, ammo pulning qolgan qismini shartnomada kelishilgani kabi Arash guruhi Toshkentga kelgach, to‘lashga va’da berganini aytdi.

Arashning vakillarini o‘zining va’dalariga ishonmaganlikda ayblagan Nigora Soim “ularning dardi faqat pul”, dedi.

- Shartnomaga ko‘ra¸ Arashga 40 ming dollar to‘lanishi kerak edi. Shartnomada pulning yarmi oldindan to‘lanishi ko‘rsatilgan. Biz bu shartni bajarsak ham, Arashning MDH bo‘yicha prodyuseri Yuliya konsertga oz vaqt qolganida 70 ming dollar talab qilib, shartnomani buzdi. Shartnomani buzish uchun bron qilingan mehmonxonaga oldindan pul to‘lanmagan kabi arzimas sabablarni ro‘kach qildi¸ deydi Nigora Soim.

Arash konsertining chiptasi
Arash konsertining chiptasi

Arashning konserti Toshkentdagi 5 000 odam sig‘adigan "Istiqlol" saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Nigora Soim 1000 donaga yaqin bilet va taklifnoma tarqatilganini aytdi. Biletlar narxi - 60 dollardan 250 dollargacha.

Nigora Soim Ozodlikka Arashning o‘zbekistonlik muxlislarga jo‘natgan videomurojatini taqdim qildi. Soimga ko‘ra, aynan shu videorolikka ishonib ko‘pchilik chipta olgan.

Арашнинг Тошкентдаги концерти ҳақида эълони
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

Nigora muxlislar pulining oxirgi tiyinigacha qaytarilganini aytdi.

"Yelkamning chuquri ko‘rsin"

Qo‘shiqchi Arashning vakili Henrik Ulman Nigora Media Group bilan bundan buyon hamkorlik qilmasligini aytdi.

“Biz bundan buyon hech qachon ular bilan ishlamaymiz. Avval konsertni boshqa muddatga ko‘chirishdi, biz zarar ko‘rgan bo‘lsak ham, hech narsa demadik. Chunki agar konsert kechiktirilsa [sozandalarga] pul to‘lashim kerak. Ikkinchi marta paxta mavsumi bo‘lgani va hamma paxtaga chiqqani uchun konsertni kechiktirishimizni so‘rashdi. Keyin bu qiz (Nigora Soim) sheriklari bilan muammo chiqqanini aytdi. Uning gaplari boshdan oyoq yolg‘onga qurilgan edi ”, -dedi Henrik Ulman.

Arash atrofida janjal pulga borib taqaladi
Arash atrofida janjal pulga borib taqaladi

Arashning konsertlari bilan bog‘liq janjallardan biri uning Dushanbega safari paytida yuz bergan edi. Stadiondagi Arash konserti uning muzikachilari kelmagani bois qoldirilgan va g‘azablangan muxlislar ko‘chadagi mashinalarni yoqishgan edi.

2015 yili Qozog‘istondagi "Astana Arena" stadionidagi konsert oldidan Arashning ustiga royal ag‘darilgani oqbatida uning o‘ng oyog‘i gipsga solingan edi.

O‘zbekistonda xorij pop yulduzlari ishtirokidagi konsertning janjalga aylanishi ilk marotaba bo‘layotgani yo‘q.

Hollivudning mashhur kinoakteri Stiven Sigal 9 sentabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asian Fight 2017 Xalqaro jang turnirida qatnashmadi.

Eltuz nashri unga berilishi lozim bo‘lgan 100 ming dollarlik gonoror to‘lanmagani uchun turnirda stadionga chiqishdan voz kechgani haqida yozdi.

Boshqa bir jangari yulduz – Jan Klod Van Damm ham gonoror to‘lanmagani uchun Toshkentga kelmagan edi.

2015 yili Toshkentda Boney M guruhi keladi, deb chipta sotilgan ammo tomoshabinlarga Munisa Rizaeva qo‘shiq kuylagan edi.

XS
SM
MD
LG