Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:46

Turkmanistonda "bog‘cha puli" birdaniga 10 barobarga oshirildi


Turkmaniston. Balqanabad shahridagi bolalar bog‘chasi tarbiyachisi bolalarni sayrga olib chiqdi. 2015, 12 may.
Turkmaniston. Balqanabad shahridagi bolalar bog‘chasi tarbiyachisi bolalarni sayrga olib chiqdi. 2015, 12 may.

Turkmaniston hukumati bir necha hafta oldin davlat bolalar bog‘chalari xizmatidan foydalanish narxini o‘n barobar oshirdi. Bu jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Oqibatda ko‘plab bolalar bog‘chalari deyarli bo‘shab qoldi. Norozilik bildirgan kishilar bilan muloqot qilgan amaldor esa, qamaldi.

Norozi ota-onalarning aytishicha, hokimiyat idoralari farzandlarini bolalar bog‘chalariga berishi uchun ota-onalarga bosim o‘tkazmoqda. Ular shu yo‘l bilan bog‘chalardagi davomatni yaxshilamoqchi, kamayib ketgan xazina tushumini oshirmoqchi bo‘lyapti.

Poytaxt Ashxobod shahri, Dasho‘g‘uz va Bolqon viloyatlari ma’murlari davlat xizmatchilariga farzandlarini bog‘chalarga berishni buyurdi. Aks holda ular egallab turgan lavozimidan ayrilishi mumkin, dedi mahalliy aholi vakillari “Ozodlik” radiosi bilan suhbatda.

Dasho‘g‘uz viloyatida noyabr oyidan boshlab bog‘cha to‘lovi 2,80 AQSh dollaridan 22,80 dollarga ko‘tarilib ketdi. Bu ko‘plab ota-onalarni farzandlarini bog‘chaga yubormaslikka majbur etdi.

Mahalliy ta’lim idoralaridan biri xodimining o‘tgan oyda bog‘cha puli oshib ketishi haqida gapirgani uning qamalishiga sabab bo‘ldi.

Mahaliy aholiga ko‘ra, ilgari 200 nafar bola qatnagan bog‘chaga endi, bor-yo‘g‘i, 15 bola bormoqda.

Bolalar bog‘chasi uchun to‘lov puli oshishi o‘tgan oyda e’lon qilindi. 10 oktabr kuni o‘nlab ayollar Dasho‘g‘uz shahridagi viloyat ta’lim boshqarmasi oldiga norozilik bildirib chiqdi.

Boshqarma boshlig‘i norozilarga “viloyat hokimligi binosi oldiga borib shikoyat qilishi” kerakligini aytdi. Ammo o‘sha tomon ketayotgan kishilarni mamlakat politsiyasiing maxsus kuchlari – OMON to‘xtatib qoldi.

Shikoyatchilarga viloyat hokimligiga borishni maslahat bergan ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘sha zahotiyoq ishdan bo‘shatildi va unga hukumatga qarshi isyon ko‘tarishga da’vat qilish aybi qo‘yildi. Uning mahalliy bolalar bog‘chasida ishlayotgan xotini ham ishdan haydaldi.

Bolalar bog‘chasidagi davomatning tushib ketishi davlat byudjetiga navbatdagi zarba bo‘ldi. Gaz zahiralariga boy Turkmaniston jahon bozorida energiya resurslari narxining keskin pasayib ketgani oqibatida og‘ir iqtisodiy ahvolga tushib qoldi.

Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2012 yilda 11,1 foiz, 2016 yilda esa, 6,2 foiz pasaydi.

Turkmaniston tabiiy gaz, elektr quvvati va suvga berilayotgan subsidiyalarni bekor qildi. Oddiy aholi maoshlari kechikib berilayotganidan shikoyat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG