Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:05

Toshkent va Zangiotada "qora ro‘yxat"dan o‘chirilgan saksonga yaqin dindor ushlandi


O‘zbekistonning Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida so‘nggi uch kun mobaynida yoshi 20dan 60gacha bo‘lgan saksonga yaqin ayol va erkak dindor ushlangan. Toshkentdagi Inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning Ozodlikka bildirishicha, qo‘lga olinganlar Zangiota tumani va Toshkent shahri militsiya bo‘limlariga olib kelingan va soatlab so‘roq qilingan. Ulardan yetti nafari hamon hibsda qolmoqda. Yaqinlari hibsda ular kaltaklanganini Ozodlikka aytishdi.

Xavfsizlik xizmatlari Toshkent va Zangiotada nima maqsadda dindorlar uylariga reyd uyushtirgani va ularni uylarini tintuv qilib, militsiya bo‘limlarida so‘roq qilgani ma’lum emas.

Bu borada Ozodlik O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidan izoh ololmadi.

Toshkentdagi Inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning Ozodlikka aytishicha, Ichki ishlar vazirligining "terrorizm va estremizmga qarshi kurashish" boshqarmasidan ekani ishonilayotgan fuqarolik kiyimidagi xavfsizlik xodimlari dindorlarni so‘roq qilayotib, ulardan 2008 yildan beri qidiruvda bo‘lgan Go‘zal To‘xtaxo‘jaevaning yashiringan joyi haqida so‘rashgan.

1986 yilda tug‘ilgan To‘xtaxo‘jaeva "O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish" hamda "Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish" da ayblangan.

- Ularni To‘xtaxo‘jaeva degan ayolni qaerdaligi qiziqtirgan. 14 noyabr kuni sakkiz soatdan ortiq so‘roq qiliishgan va kechqurun 8ga yaqin uylariga qo‘yib yuborishgan. Lekin, so‘roq qilinganlardan besh erkak va ikki ayolni xavfsizlik xizmatlari hibsda olib qolgan. Shu ayollarni bizga aytishicha, ayrimlari kaltaklangan so‘roq payti. Hozir hibsda qolganlarning taqdiri ma’lum emas, - dedi Surat Ikromov.

Surat Ikromovning aytishicha, qo‘lga olinganlardan biri Dildora Azimova ismli ayolning uyida bir kunda uch marta tintuv o‘tkazilgan.

Xavfsizlik xodimlari uning 23 yoshli o‘g‘li Nasrulloni hibsga olgan.

Huquq faoliga ko‘ra, xavfsizlik xodimlari Nasrulloni so‘roq qilish payti kaltaklaganlar.

Сурат Икромов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00
Бевосита линк

Dildora Azimovaning turmush o‘rtog‘i Fayzullo Azimov 2001 yilda diniy ayblovlar bilan qamalgan va o‘shandan buyon jazo muddatini o‘tamoqda.

2014 yilda uning qamoq muddatiga 16 yarim yil qo‘shib berilgan edi.

Fayzullo Azimovning ukasi Shukrullo ham diniy ayblovlar bilan qamalgan va 2006 yilda "Sangorod" qamoqxona kasalxonasida vafot etgan.

Dildora Azimova Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘li Nasrullo hamon hibsda qolayotganini aytdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:27 0:00
Бевосита линк

Qo‘lga olinganlarning barchasi "qora ro‘yxat"dan o‘chirilganlar bo‘lgan. Ikki oy oldin maxsus komissiya ularni ro‘xatdan chiqargan va bemalol ishlab jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini bildirishgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O‘zbekistonda qora ro‘yxatda turgan 17 ming dindordan 16 mingtasi chiqarilgani bildirilgandi.

XS
SM
MD
LG