Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 14:00

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida 19 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda militsiya xodimlari jiddiy tanqid qilindi.

Yig‘ilishni olib borgan Mirziyoev so‘nggi 10 oy davomida 7 mingga yaqin militsioner xizmat intizomini buzgani. 272 nafar militsioner jinoiy javobgarlikka tortilgani va 800 ga yaqin jinoyat militsionerlar tarafidan yashirilganini ma’lum qildi.

“Ichki ishlar saflarini unga adashib kirib qolganlardan tozalash” kerak", - degan prezident ular “xalq militsiyasi” degan nom qozonish uchun olg‘a qadam tashlashi kerakligini uqtirdi.

Ozodlikning 23 noyabr kuni yozib olingan Qurultoy eshitirishida “Mirziyoev nega militsionerlarga “qizil karta” ko‘rsatdi?” degan savol javobini qidirdik.

Eshittirish ishtirokchisi¸ jurnalist Alimardon Annaev “O‘zbekistonda G‘arb andozasidagi professional politsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmaguncha vaziyat o‘zgarmaydi” dedi.

Qurultoyda qatnashgan taniqli jurnalist Muhammadjon Obidov “Prezident militsiyani tergab to‘g‘ri qildi. Ichki ishlar tizimi shu paytgacha yopiq tizim edi”, dedi.

XS
SM
MD
LG