Линклар

14 декабр 2017, Тошкент вақти: 09:13

"Bek Baraka"da paxtaga deb yig‘ilgan pullar talon-taroj qilinganini prokuratura tekshirmoqda

  • Ҳурмат Бобожон/Озодлик

Toshkentdagi Bek Baraka savdo kompleksi.

Toshkent huquq-tartibot idoralari “Bek Baraka” bozorida paxtaga deb yig‘ilgan pullar talon-taroj qilingani holatini tekshirmoqda. Ozodlik o‘tgan oy Toshkentning “Bek Baraka”, “Abu Saxiy” va “Karvon” bozorlari hududidagi har bir do‘kondordan paxta terimi uchun naqd pul yoki mardikor topib berish talab qilingani haqida xabar qilgan edi.

Toshkentning Zangiota tumani hududidagi “Bek Baraka” savdo majmuasidagi do‘kon egalaridan biri Ozodlikka Toshkent prokuraturasi xodimlari do‘kondorlar va bozor ma’muriyatini paxtaga pul yig‘ilgani yuzasidan so‘roq qilayotganini aytdi.

- Aftidan paxtaga deb yig‘ilgan millionlab so‘m hech qaerga topshirilmagan, kimningdir cho‘ntagiga ketgan. Har bitta do‘kondan 1.000.000 so‘mdan pul yig‘ilgan. Bozorda mingga yaqin do‘kon bor, hisoblang, bir milliard so‘m bo‘ladi. Shu pul qaerga ketdi? Prokuratura hozir shuni tekshiryapti, - dedi “Bek Baraka” bozoridagi do‘kon egalaridan biri.

Ozodlik o‘tgan oy Toshkentning “Bek Baraka”, “Abu Saxiy” va “Karvon” bozorlarida do‘kondordan paxta terimi uchun naqd pul yig‘ilgani haqida xabar qilgan edi. O‘shanda paxtaga pul berishga qarshi chiqqanlarga do‘konlari muhrlanishi bilan po‘pisa qilingandi.

Bozorda paxtaga deb pul yig‘ilganini boshqa do‘kondorlar ham tasdiqlashdi.

– Paxtaga pul berasan, bo‘lmasa do‘koning muxrlanadi, deb kelishadi. Bermasdan ilojimiz yo‘q-da. Nafaqat paxtaga, haykalga ham 500ming so‘mdan pul yig‘ishdi. Qanaqa haykalga ekanini bilmaymiz. Haykalga deyishdi, berdik. Bermay ham ko‘ring, - deydi "Bek Baraka" bozoridagi do‘kondor.

Ozodlik bozordagi pul yig‘ishlar yuzasidan “Bek Baraka” bozori ma’muriyatiga bog‘landi. Lekin, bozor ma’muriyatidagilar bu haqda gapirolmasliklarini aytishdi.

Bu yilgi paxta mavsumida talaba va byudjet xodimlari paxta terimidan ozod etilishi ortidan ular o‘rniga odam yollash uchun pul yig‘ish xolatlari ko‘paydi.

Paxta terimini qo‘llab-quvvatlamagan do‘konlar muhrlandi.

Namangan shahridagi "Sardoba bozori"da sotuvchilar paxta yig‘im-terimida ishtirok etmagani uchun 177-do‘kon muhrlab qo‘yilgan edi.

Do‘konga 23 oktabr kuni muhr urilgan bo‘lib, u necha kunga muhrlangani ma’lum qilinmagan.

XS
SM
MD
LG