Линклар

14 декабр 2017, Тошкент вақти: 09:07

Afg‘onistondagi Juzjon viloyatining Shibirg‘on shahrida IShIDning o‘zbekistonlik qo‘mondoni Sherzod Anvarov qo‘lga olindi. Bu xabarni tasdiqlagan Juzjon viloyati rasmiysiga ko‘ra, Sherzod Anvarov o‘zbekistonlik 36 nafar jangariga rahbarlik qilgan.

Juzjon viloyati hokimligi rasmiysi Muhammad Rizo G‘afforiyning Ozodlik radiosi afg‘on xizmati muxbiriga aytishicha, Shibirg‘on shahrida IShIDning o‘zbekistonlik qo‘mondonlaridan biri Sherzod Anvarov qo‘lga olingan:

- Sherzod Anvarov IShIDning Juzjon viloyatidagi liderlaridan biri bo‘lgan. U Shibirg‘on shahri markazida hukumat kuchlari tomonidan qo‘lga olindi. U tergov davomida IShIDnin Juzjondagi qo‘mondonlaridan biri ekanligini e’tirof etdi. Sherzod Anvarov Shibirg‘ondan o‘tib Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga ketmoqchi bo‘lgan, lekin uning qaysi davlatga bormoqchi ekanligi hozircha aniqlanmagan, deydi hokimlik rasmiysi.

Muhammad Rizo G‘afforiyning aytishicha, Juzjon viloyatida IShIDning afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik bo‘lgan bir necha qo‘mondoni bor:

- IShIDning bu yerdagi faoliyatiga afg‘onistonlik Qori Hikmat, Mufti Ne’mat va 36 nafar o‘zbekistonlikka Sherzod Anvarov rahbarlik qiladi. Sherzod Anvarov so‘nggi vaqt ichida qo‘lga olingan uchinchi shaxsdir. Bundan oldin Bag‘lon va Sangon viloyatlaridan Muqim va Xushmuhammad degan IShIDchilar mahlliy politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi, deydi Juzjon viloyati hokimligining rasmiychi Muhammad Rizo G‘afforiy.

Ozodlikning Afg‘onistondagi muxbiri Olim Ko‘hkanning aytishicha, Juzjon viloyati ayni paytda toliblar va IShID jangarilari faollashgan mintaqaga aylangan.

Olim Ko‘hkan bilan suhbatni quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG