Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:08

O‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirolmayotgan talabalar Mirziyoyevning yordamiga umid qilmoqda



Kiyevdagi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universitetida 1300 nafarga yaqin xorijlik o‘qiydi, shulardan 110 nafari o‘zbekistonlik talabadir.
Kiyevdagi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universitetida 1300 nafarga yaqin xorijlik o‘qiydi, shulardan 110 nafari o‘zbekistonlik talabadir.

Ukrainada ta’lim olayotgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini vataniga ko‘chirish borasida prezident Shavkat Mirziyoyevdan yordam istamoqda.

Ukrainada iqtisodiy sharoit og‘irlashgani va O‘zbekistonda xorijiy valyutalar rasmiy kursining ikki barobar ortishi ortidan o‘qish xarajatlari ortib ketgani uchun o‘nlab talaba O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lmoqda.

Ular o‘qishini ko‘chirishga yordam so‘rab O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ariza topshirgan edi.

Lekin vazirlik ularning arizalarini qondirmagan. Shundan so‘ng talabalar va ularning ota-onalari prezident Mirziyoyevga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan.

Ukrainaning Xarkov shahridagi Tibbiyot institutida o‘qiyotgan buxorolik Davron shu yilning iyul oyida o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirishga izn so‘rab O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligiga murojaat etgan, lekin vazirlik uning arizasini qondirmagan.

Shundan so‘ng u prezident Mirziyoyevga murojaat qilishga majbur qolganini aytdi.

“Biz bilmoqchimizki, Mirziyoyevning o‘zlari ko‘ryaptilarmikin arizani? Biz prezidentimizdan yordam istayapmiz. Hamma bolalar perevod chiqadi degan umidda yurishibdi, sharoiti yetmay o‘qishni tashlab ketadiganlar ko‘p oramizda, agar perevod bo‘lmasa ko‘pchiligimiz o‘qishni tashlab, Rossiyaga ishlagani ketmoqchi bo‘lib turibmiz, - deydi Davron.

Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida o‘qiydigan yana bir talaba esa, mamlakatda vaziyat og‘irlashgani uchun o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagi borligini aytdi.

- Dnepropetrovsk Tibbiyot institutida 3-kursda o‘qiyman. Notinchliklar bo‘lyapti, shuning uchun perevod qilmoqchiman, menga boshqatdan qabul komissiyasiga hujjat topshirib, boshqatdan imtihon qilib, 1-kursga olishlari mumkinligini aytishdi, Toshkent Tibbiyot oliygohidagilar menga shunday deyishdi. Shuncha xarajat qilib, uch yil o‘qib qo‘ydik, ular "birinchiga olishimiz mumkin, imtihondan o‘tsangiz" deyishyapti, - deydi o‘zbekistonlik talaba.

Ukrainadagi oliygohda ta’lim olayotgan talabalar 1 o‘quv yili uchun 3500 - 4200 dollar kontrakt puli to‘lashadi.

“Yotoqxonada turish yiliga yana 200 dollar turadi. Bu pulni to‘lash ko‘pchilikka og‘irlik qiladi. Oldin O‘zbekistonda bu pulni davlat kursida olganimiz uchun arzonroq bo‘lgandi. Rasmiy kurs ikki baravar ko‘tarilganidan so‘ng xarajatlarimiz ham ikki baravar oshdi. Shuning uchun qiynalib qoldik”, - deydi Dnepropetrovskda o‘qiydigan o‘zbekistonlik talaba.

Ozodlik Ukrainada o‘qiyotgan talabalarning arzi yuzasidan O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligiga bog‘landi.

Suhbat davomida vazirlik rasmiysi talabalar o‘zlari o‘qishni davom ettirishni istagan O‘zbekistondagi oliygohlarning qabul komissiyasiga ariza va hujjatlarini topshirishlari, qabul qilish-qilmaslik masalasini shu komissiya hal qilishini aytdi.

- Xorijda ta’lim olgan talabalarni ko‘chirish masalasini oliygohlarni qabul komissiyasi ko‘rib chiqadi va bu ishga vazirlikning aloqasi yo‘q. Chet davlatlarda o‘qiyotganlar juda ko‘p. Endi ular qanday me’yorlar asosida qabul qilindi, buni biz bilmaymizda. Kimlardir bir yildan keyin perevod qilish ilinjida kirish oson bo‘lgan institutlarga kirib olishadi. Keyin perevod qilishni istab qolishadi. Shuning uchun perevod qilishda ham ularni imtihon qilib olishadi va bu bo‘yicha qabul komissiyalariga murojaat qilishlari kerak, - dedi Ozodlik bog‘langan Oliy ta’lim vazirligi mulozimi.

Ukrainada qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Lekin, o‘n ming talaba ta’lim oluvchi birgina Kiyevdagi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universitetida 1300 nafarga yaqin xorijlik o‘qiydi, shulardan 110 nafari o‘zbekistonlik talabadir.

XS
SM
MD
LG