Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

"Bundan buyog‘iga bolasiga Prezident ismini qo‘yganlar alohida siylanmaydi!"


Gurlanda tug‘ilgan uch o‘g‘il egizakka ota-onalari prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yishdi.
Gurlanda tug‘ilgan uch o‘g‘il egizakka ota-onalari prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yishdi.

O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda egizaklariga prezident ismini qo‘ygan oilalarni siylash an’anasi o‘tmishga aylangani, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ijtimoiy yordam¸ qanday ism qo‘yilishidan qat’iy nazar¸ hammaga bir xil taqsimlanishini aytdi.

Shikoyatnoma murojaat

26 dekabr kuni Xorazmning Gurlan tumanida O‘zbekiston prezidenti sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yilgan egizaklarning bobosi Ozodlik bilan suhbatda nevaralari dunyoga kelganidan bir oy o‘tib ham hokimiyat va prezident ma’muriyatidan bu oilaga jiddiy e’tibor qaratilmayotganidan shikoyat qildi.

Bu shikoyatga munosabat bildirgan O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda:

- Yordam hammaga birday berilishi kerak. Bu prezidentning ismini qo‘yibdi, yordam berish kerak, degan gap yo‘q. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, har bir yangi tug‘ilgan bolaga ikki yoshgacha ota-onasini daromadidan kelib chiqib moddiy yordam beriladi, - dedi.

Bir oy avval gurlanlik 29 yashar Mansurbek va 24 yashar Oyshajonlar oilasida uch o‘g‘il egizak dunyoga kelgan va ota-onalari prezident Shavkat Mirziyoev sharafiga ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ygan edi.

- Bir oy o‘tdi, yordam haqida gap bo‘lgani yo‘q. Xudo bergan farzand, deb o‘zimiz qarayapmiz, - dedi egizaklarning bobosi Bahodir aka.

Unga ko‘ra¸ chaqaloqlarning otasi hozirgi paytda ishsiz va oilada ikki yashar o‘g‘il farzand ustiga birvarakayiga uch chaqaloq tug‘ilishi ularni hukumat ko‘magiga muhtoj qilib qo‘ygan.

Bahodir akaning aytishicha¸ chaqaloqlar ota-onasining ishsiz ekani¸ ularni mahalla orqali beriladigan ijtimoiy yordamdan ham mahrum qilgan.

O‘zbekistonda 1994 yilda qabul qilingan "Vazirlar Mahkamasining Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordamini takomillashtirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" qarori asosida bola parvarishi uchun yordam pullari beriladi.

Islom¸ Karimlar tarixi

Islom Karimov prezident bo‘lgan davrlarda uch egizak tug‘ib¸ ularga Islom, Karim, Abdug‘ani ismlari qo‘ygan oilalarga beshik, kolyaska, bola puli berilgan.

Xususan¸ 2013 yilda to‘rt o‘g‘il ko‘rgan toshkentlik Gulshan Haydarova chaqaloqlariga Hasan, Husan, Islom va Karim deb ism qo‘yganidan so‘ng o‘ziga uch xonali kvartira berishganini Ozodlikka ma’lum qilgan edi.

26 dekabr kungi suhbatda Gulshan Haydarova hozirda to‘rtga kirgan Hasan, Husan, Islom va Karim deb ism qo‘ygan bolalariga alohida yordam ko‘rsatish to‘xtab qolganini bildirdi:

​- Prezidentimiz qazo qilganlaridan keyin bola puli tugadi, yordamlari tugadi, lekin rahmat, hozircha bog‘chalari tekin, - dedi 26 dekabr kuni Ozodlik muxbiri gaplashgan Gulshan Haydarova.

Xorazmda tug‘ilgan egizaklarga O‘zbekistonning hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoev sharafiga ism qo‘yilishi ilk holat emas.

Bundan avval shu yilning aprel oyida Buxoroda Jamshid Shodiev uch o‘g‘liga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ygan edi.

Bu egizaklarning otasi Jamshid aka ham Ozodlik bilan suhbatda hukumatdan aytarlik yordam bo‘lmaganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG