Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2018, Тошкент вақти: 22:08

Domkom pasportga urilgan propiskani ham tan olmadi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchi, doimiy propiskasi Toshkent shahrida bo‘lgan, lekin ijarada poytaxtning boshqa tumanida istiqomat qiladigan ziyoli qarindoshi propiskasi qo‘yilgan mahalladan dalolatnoma ololmaganidan shikoyat qildi.

“Mening bir qarindoshim Prezidentimizning tashabbuslari bilan qurilaetgan arzon uy-joylardan olish uchun hujjatlar yig‘yapti. Tug‘ilgan joyi Jizzax viloyatida, doimiy propiskasi Chilonzor tumanida (rasmiyatchilik uchun, ishlash uchun qarindoshinikiga propiskaga qo‘ygan). Vaqtinchalik yashash joyi(ijarada) esa Sergeli tumanida. 20 yildan beri Toshkent shahrida yashaydi, ishlaydi.

Bugun Nafosat mahallasiga doimiy yashash joyi Chilonzor tumanida ekanligini tasdiqlovchi hujjat so‘rab mahalla raisiga murojaat etganimizda, u uyboshi (domkom)dan dalolatnoma olib kelishni aytdi. Domkom esa qarindoshimni hech qachon ko‘rmaganligi, shu domga kelib tozalash ishlarida qatnashmaganligi uchun dalolatnoma bermasligini aytdi. Qarindoshim ijarada yashaydigan mahallasida bunaqa ishlarga yordamlashayotganligini aytsa xam "kimga borsang boraver baribir bermayman, seni tanimayman" deb javob qaytardi. qarindoshimni pasportiga urilgan doimiy propiskani mensimadi. Tug‘ilgan joyi boshqa, ijarada yashash joyi boshka, doimiy propiskasi boshqa joyda bunday holatda nima qilaylik, kimga murojaat etaylik. Bitta hujjat uchun shuncha ovoragarchilik”, deydi toshkentlik tinglovchi.

XS
SM
MD
LG