Линклар

Шошилинч хабар
22 апрел 2018, Тошкент вақти: 17:33

O‘zbekistondagi aksariyat banklar pul jo‘natmalari berishni to‘xtatdi


Namangan shahridagi Ipak yo‘li banki, 2017 yil, 28 dekabr

Rossiyaning “Zolotaya korona”, “Kontakt” pul jo‘natish tizimlari bilan shartnoma bog‘lagan O‘zbekistondagi aksariyat banklar xorijdan yuborilgan pul jo‘natmalari berishni 2 yanvargacha to‘xtatdi. Tijorat banki mulozimi buning sababini pul jo‘natish tizimlari vaqtincha o‘chirilgani bilan izohladi. "Zolotaya korona" esa tizim bir maromda ishlayotganini aytmoqda.

Ўзбекистондаги аксарият банклар пул жўнатмалари беришни тўхтатди
илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

"Birorta tumandagi bank pul bermayapti!"

Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashaydigan Salomatxon kun bo‘yi tumanma-tuman yurib, turmush o‘rtog‘i Rossiyadan yuborgan pulni olomayotganini Ozodlikka aytdi:

- Chortoqdagi birorta bank ishlamayapti. Uchqo‘rg‘onga ham borib keldik, u yerda ham yangi yildan keyin, 5 yanvarda kelinglar deyishyapti. Namangan shahrida esa faqat Ipak yo‘li banki ishlayapti. Hozir shu yerga kelsak tumonat odam, yuzdan ortiq odam turibdi. Yana bank xodimlari tushlikka chiqib ketibdi, shuni kutib o‘tiribmiz, dedi Salomatxon.

Namangan shahridagi Ipak yo‘li banki, 28 dekabr 2017 yil.
Namangan shahridagi Ipak yo‘li banki, 28 dekabr 2017 yil.

Xalq banki Chortoq tuman bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi 28 dekabrdan boshlab xorijiy pul jo‘natmalari berilishi to‘xtatilganini tasdiqladi:

“Shu kungacha berilayotgandi. Bugundan boshlab to‘xtatildi. Tepadan buyruq bo‘lgan, shunga to‘xtatib qo‘yishgan”, dedi bank mulozimi.

Pop tumanidagi barcha tijorat banklari filiallarining mulozimlari ham xorijdan yuborilgan pul jo‘natmalarini berish to‘xtatilganini Ozodlikka tasdiqladi.

QQB: "Zolotaya korona" sistemani vaqtincha o‘chirdi"

"Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik-tijorat bankining valyuta operatsiyalari bo‘limi mulozimi Yulduzxon To‘lqinovna Ozodlik bilan suhbatda xorijiy pul jo‘natmalarini berish 28 dekabrdan to‘xtatilganini aytar ekan, bunda tijorat banklarining aybi yo‘q, deydi:

“Rossiyadagi “Zolotaya korona”, “Kontakt” pul uzatish sistemalari bizga telefonogramma yuborib, tizimning 28 dekabrdan vaqtincha o‘chirilishi haqida aytgan edilar. Yil oxiri bo‘lganligi uchun bu ularning hisob-kitoblari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Endi, yangi yildan keyin tizim yana ishga tushsa, biz jo‘natmalarni egalariga beraveramiz”, dedi Yulduzxon To‘lqinovna.

"Zolotaya korona": Sistema o‘chmagan, bir maromda ishlayapti!"

Rossiyadagi “Zolotaya korona” tizimi mulozimi O‘zbekistondagi bank vakilining “tizim vaqtincha o‘chirilgani” haqidagi gaplarini Ozodlik muxbiridan eshitgach, buni tekshirish uchun 3 minut vaqt so‘radi va birozdan so‘ng ushbu gaplarni aytdi:

- Kutib turganingiz uchun tashakkur. “Zolotaya korona” sistemasi shtatniy rejimda ishlab turibdi. Sistemaning O‘zbekistonda vaqtinchalik ishlamay turganligi haqidagi informatsiya tasdiqlanmadi. Pul jo‘natmalari yuborilyapti, mijoz uni darhol yoki uch yil muddatda olishi mumkin. Sistema ishlab turibdi, dedi “Zolotaya korona” tizimi mulozimi.

O‘zbekistonga pul yuborgan o‘n minglab mehnat muhojirlari oilalari yangi yil arafasida bu sovg‘adan mahrum qoladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Markaziy banki mulozimi bu masalani o‘rganib chiqib, 29 dekabr kuni javob berishini aytdi.

O‘zbekistonliklar Rossiyadan pul jo‘natish bo‘yicha MDH vatandoshlari orasida yana birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Rossiya Markaziy banki hisobotiga ko‘ra¸ 2016 yil davomida o‘zbekistonliklarning vataniga yuborgan jami mablag‘i 2 milliard 741 million dollarni tashkil etgan.

O‘rta hisobda¸ Rossiyada mehnat qilaëtgan har bir o‘zbekistonlik o‘tgan yilda oyiga 279 dollar pul yuborgan.

XS
SM
MD
LG