Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2018, Тошкент вақти: 22:20

Eron AQShni o‘z ichki ishlariga aralashishda aybladi


Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Eronda norozilik namoyishlarining ikkinchi haftasi boshlanishi bilan rasmiy Tehron Amerika Qo‘shma Shtatlarini o‘z ichki ishlariga aralashayotganlikda aybladi.

Bunga AQSh prezidenti Donald Trampning namoyishchilarga "zarur vaqtda" ko‘mak berishni taklif qilgani sabab bo‘ldi.

Hukumat noroziliklar haqidagi axborot tarqatilishiga barham berish uchun ijtimoiy tarmoqlarni to‘sib qo‘ygach, 4 yanvardagi namoyishlar oldingi olti kungilaridan katta yoki kichikroq ekanini aniqlash imkoni bo‘lmadi.

Hukumatga qarshi namoyishlarda 22 kishi qurbon bo‘ldi va 1000 dan oshiq kishi hibsga olindi.

Bu Eron rahbariyati so‘nggi o‘n yil ichida duch kelgan eng yirik norozilik namoyishi ekani aytilmoqda.

Eronlik "Nobel mukofoti" laureati Shirin Ibodiy 4 yanvarda bergan intervyusida vatandoshlarini mamlakat miqyosidagi norozik namoyishlarini davom ettirishga chaqirdi.

Eronning BMTdagi doimiy vakili G‘ulomali Xushro‘y 3 yanvar kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga yozgan maktubida AQSh hukumatini "unda-bunda ro‘y berayotgan noroziliklarni qo‘llab-quvvatlash bahonasida Eronning ichki ishlariga bema’ni tarzda aralashish"ni faollashtirishda aybladi.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Trampning Erondagi namoyishlar haqida Tvitterga qo‘ygan izohlarini qo‘llab chiqdi.

Pensga ko‘ra, AQSh eronliklarning erkinlik va demokratiyaga intilishida "tabiiy ittifoqchi"dir.

AQSh Erondagi norozilik namoyishlarini va ushbu mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish masalasini muhokama qilish yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashi majlisini o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

BMT kengashi hali AQSh talabi bilan noroziliklar to‘g‘risida maxsus majlis o‘tkazishga oid qaror qabul qilgani yo‘q.

Diplomatlarga ko‘ra, Rossiya bilan Xitoy boshqa mamlakatlar qatorida Eronga qarshi biror chora qo‘llashga qarshi bo‘lishi kutilmoqda.

AQSh OAVning Trampga iqtibosan 3 yanvarda xabar qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari norozilik namoyishlarini qattiqqo‘llik bilan bostirayotgani uchun Eronga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

AQSh hukumati vakillari norozilik namoyishchilarini dastaklashga da’vat qilayotgan bir paytda Yevropa mamlakatlari rahbarlari bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, namoyishlar haqida Vashinton, Isroil va Saudiya Arabistonidan bildirilayotgan fikrlar "bizni urush jari yoqasiga olib kelib qo‘yishi hech gap emas".

Eronning ikkinchi yirik shahri Mashhadda boshlangan namoyishlar tez orada Eboshqa shaharlariga ham tarqaldi.

Namoyishchilar dastlab oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar narxining oshishiga norozilik bildirgan edi.

Ammo namoyishlar tez orada hukumatga qarshi g‘azab ifodasiga aylanib ketdi.

3 yanvar kuni rasmiy Tehron norozilik namoyishlariga qarshi namoyish uyushtirdi va hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi minglab kishilar ko‘chaga chiqdi.

Eronning "Islom inqilobi sipohlari korpusi" qo‘mondoni general-mayor Muhammad Ali Ja’fariy 3 yanvar kuni "biz qo‘zg‘olon tugaganini e’lon qilamiz" hamda "qonunbuzarlar soni 15 ming kishidan oshmaydi", deya bayonot berganidan so‘ng qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Yadro dasturi bo‘yicha G‘arb mamlakatlari bilan bitimga erishilgandan keyin Eronning neft sohasi jadal rivojlanmoqda.

Biroq iqtisodiyotning boshqa sohalarida turg‘unlik davom etayotgani sababli oddiy eronliklarning yashash sharoiti yaxshilanmayapti.

Pul jadal qadrsizlanmoqda, yoshlar o‘rtasida ishsizlik keskin ortib bormoqda.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 3 yanvar kuni Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdo‘g‘an bilan 3 yanvar kuni telefon orqali so‘zlashuvi chog‘ida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari tez orada barham topishiga umid bildirdi.

So‘nggi paytlarda Turkiya bilan bir vaqtlar uning raqibi bo‘lgan Eron o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashib bormoqda.

Erdo‘g‘on Ruhoniyga "tinchlik va barqarorlik"ni saqlab qolish kerakligini hamda Eron prezidentining norozilik bildirish huquqi "qonunlar buzilishi"ga olib bormasligi zarurligi xususidagi fikriga qo‘shilishini aytdi.

XS
SM
MD
LG