Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2018, Тошкент вақти: 00:25

O‘zbekiston hukumati qamoqxonalardagi qiynoqlarga yana barham bermoqchi


Xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar sistemati ekanini aytib keladi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2018–2020 yillarda “hibsga olingan va javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoq, ruhiy va jismoniy bosim qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV rasmiy saytida 6 yanvar kuni xabar qilindi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan oy O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida sud-tergov davomida qiynoq qo‘llash holatlarini tanqid qilgan va qiynoq qo‘llaganlarni jazolashga va’da bergandi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziriga ko‘ra, qiynoqlarni bartaraf etish uchun mamlakatdagi barcha jazoni ijro etish muassasalari, tergov izolyatorlarini videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ichki ishlar organlarida so‘roq stenografiyasini olib borish, videokuzatuvni amalga oshirish, tergov harakatlarini audioda va videoda qayd etish vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etish ham rejalangan.

Po‘lat Bobojonovga ko‘ra, bunday maxsus xona ichki ishlar vazirligi tergov departamentida ochilgan.

“Keyingi yillarda barcha tergov bo‘limlarida bosqichma-bosqich shunday xonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda”, — degan Po‘lat Bobojonov.

Bobojonovning ta’kidicha, bu fuqarolarning yolg‘on dalillar, tuhmat natijasida jazoga tortilishining oldini oladi, jinoyat-protsessual norma realizatsiyasini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining ushbu bayonoti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning qiynoq holatlarini tanqid qilishi ortidan e’lon qilinmoqda.

Dekabr oyi boshida prezident Mirziyov "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan edi.

Farmonda qiynoq va ruhiy bosimlar ostida olingan dalillardan jinoyat ishlari bo‘yicha dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlangan.

O‘zbekiston qonunchiligida qiynoq qo‘llash bungacha ham taqiqlangan.

2003 yilda O‘zbekistonda "Qiynoqlarga qarshi kurash milliy dasturi" ham qabul qilingan edi.

2012 yilda esa O‘zbekistonning avvalgi prezidenti Islom Karimov qiynoqlarni taqiqlovchi maxsus qonunga ham imzo chekkandi.

Ammo, O‘zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovga ko‘ra, bu qonun va farmonlar amalda ishlamagan, qiynoqlar bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarishsiz qolgan.

- Mirziyoev qiynoqlarni yo‘q qilishga qattiq kirishgan ko‘rinadi, ko‘ramiz nima bo‘lar ekan. Lekin, bundan oldin ham shunday qonunlar chiqqan, lekin natija bo‘lmadi. Bu yerda tizimli islohotlar zarur. Qiynoq qo‘llaganlarni qattiq jazolash ko‘zda tutilgan kuchli islohotlar zarur. Qog‘ozdagi farmonlar va quruq gaplar bilan vaziyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi, - dedi Surat Ikromov.

O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar muntazam ekanini so‘nggi oylarda ozodlikka chiqarilgan mahbuslar ham ta’kidlaganlar.

"Жаслиқ"да 11 йил ётган тутқун ҳикояси: Бизни "Ўзбегим" садоси остида қийнашарди
илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:07 0:00

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar sistematik ekanini aytib, Toshkent hukumatini bunday xolatlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirib keladi.

XS
SM
MD
LG