Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:05

Telegram yaqinda o‘z kriptovalyutasini chiqaradi


Telegram asoschisi Pavel Durov tez kunlarda tarmoqning o‘z kriptovalyutasini joriy qilish niyatida. Bu haqda xabar qilgan TechCrunch saytiga ko‘ra, Telegram Open Network (TON) deb nomlanadigan platforma yordamida Telegram ichida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Telegram TON platformasini to‘rt etapda ta’sis qilmoqchi. Xususan, TON Payments to‘lov tizimi vazifasini bajaradi, TON Blockchain esa bolkcheyn vazifasini o‘taydi. TON DNS hisob, nod va xizmatlarga tushunarli nom berish imkonini beradi. Bu esa foydalanuvchilarga Telegram ichida yo‘l topishda ko‘maklashadi. Nihoyat, TON Services dasturchilarga qulay interafeys hamda ilovalar ishlab chiqish va «aqlli» shartnomalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Tizimni yo‘lga qo‘yish uchun ilk qadam o‘laroq tokenlar (ICO) ta’sis qilinadi. Xabarlarga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun Durov 500 million dollar jalb qilishni rejalashtirgan.

Avvalroq Telegramdan ishdan haydalgan dasturchi Anton Rozenberg Durovning tizimni kriptovalyuta yordamida monetizatsiya qilish rejasi haqida bildirgan edi. Rozenbergning aytishicha, Durov tizim Eron va O‘zbekistonda muvaffaqiyat qozonishiga umid bog‘lagan. Ushbu ikki davlatda to‘lov tizimlari ishlamaydi, kriptovalyuta esa bu cheklovlarni chetlab o‘tish imkonini beradi.

XS
SM
MD
LG