Линклар

Шошилинч хабар
16 июл 2018, Тошкент вақти: 19:15

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiladigan 27 yashar yigit 31 dekabrga o‘tar kechasi o‘z uyida xotini, ikki bolasi va qayinsinglisini pichoqlab o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi. Ozodlikka 11 yanvarь kuni ma’lum bo‘lgan bu voqea haqida xo‘jaobodliklardan biri xabar berdi. Ayni paytda qotillikda ayblanayotgan yigit ichki ishlar tergovchilari tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Андижонлик йигит икки ёш боласи, хотини ва қайнсинглисини ўлдирганликда айбланяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:39 0:00
Бевосита линк

Xo‘jaobod tumani Xidirshi mahallasida yashaydigan, 27 yashar A. A. 31 dekabrga o‘tar kechasi olti oylik chaqalog‘i, 8 yashar o‘g‘li, 29 yashar xotini F. A. ni va 23 yashar qaynsinglisini o‘ldirganlikda ayblanyapti.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan xo‘jaobodliklardan birining aytishicha, hamma bu voqeadan shokka tushib qolgan:

Bu yigit buloqboshilik edi. Goh Damas haydab, goh bozorda meva-sabzavot sotib tirikchilik qilardi. Ayol esa xo‘jaobodlik, avvalgi turmushidan ajralgan va 8 yashar o‘g‘li bor edi. O‘tgan yili u bola o‘zidan ikki yosh katta bo‘lgan bu ayolga uylandi. Ayol farzand ko‘rdi, bolasi olti oylik bo‘lgan edi. O‘sha kuni uylarida 23 yashar qaynsinglisi ham bor ekan. U yerda nima gap o‘tgan, bunisidan xabarimiz yo‘q. Er bollari, xotini va qaynsinglisini pichoqlab o‘ldirib, gazni yoqib chiqib ketgan ekan. Pojar qilmoqchi bo‘lganmi, bilmadim. O‘zi qochib ketgan ekan, dedi xo‘jaobodliklardan biri.

Andijon viloyat huquq-tartibot idoralaridan birida ishlaydigan Ozodlik manbasi, shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi:

Tezkor tadbir natijasida qotillikda gumonlangan A. A. qo‘lga olindi. Sud uni ikki oy hibsga olish haqida qaror chiqardi. Dastlabki tergov davomida u qotillikni bo‘yniga oldi. Lekin, uning motivlari hozircha tergov siri. Bu ish bilan Andijon viloyati jinoyat qidiruv bo‘limi tergovchilari shug‘ullanyapti, dedi manba.

Ozodlik bog‘langan marhumaning qo‘shnilaridan biri ham A. A. bunday vahshiyona qotillik qilganidan hamma taajjubda ekanligini aytdi:

Eru xotin yaxshi yashardi. Bunday qattiq senu menga boradigan janjal ham bo‘lmagan. Hamma hayron, balki endi sudda ma’lum bo‘lar , dedi qo‘shni ayol.

O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan maishiy asosdagi qotilliklarning ayrimlari haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

O‘tgan yilning 25 noyabriga o‘tar kechasi Samarqand viloyat, Payariq tumani Choparoshli Bola qishlog‘i, Taraqqqiyot mahallasida yashovchi 18 yashar Sh. M. mahalladoshi 21 yashar J. S. ni yuragiga o‘roq sanchib o‘ldirgan edi. Viloyat huquq-tartibot idoralaridan birining voqeadan xabardor mulozimining Ozodlikka aytishicha, qotillikka Sh. M. ning 16 yashar singlisi va uning yigiti o‘rtasidagi ishqiy munosabat sabab bo‘lgan.

1 noyabrga o‘tar kechasi Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida xalq orasida " Abdulla dollarchi" deb nom chiqargan 34 yoshli tadbirkor pichoqlab ketilgan edi.

2016 yil iyunida samarqandlik yigitni buyurtma asosida o‘ldirgan qaynota 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

2014 yil sentabrida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida 14 yashar qizcha o‘z bobosini pul bermagani uchun bolta bilan chopib o‘ldirgan edi.

XS
SM
MD
LG