Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 19:36

"Chegarachilarning injiqligi tufayli 500 ming yevrolik investitsiyadan quruq qoldik"


Andijon shahridan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor ayolning OzodMikrofonga aytishicha, uning Germaniya vatandoshi bo‘lgan qaynog‘asi qazosi yaqinlashayotgan onasi bilan vidolashgani kelgan, lekin, vaqtincha qaydga qo‘ymagani uchun chiqib ketayotganda Toshkent aeroportidagi chegarachilar reysdan olib qolgan.

Germaniya fuqarosi ertasi kuni sud qilinib, unga 7 million so‘mlik jarima to‘lattirilganidan so‘ng, o‘z hisobidan yana 400 yevroga boshqa chipta olib, uchib ketgan.

“Men ukamizga ikki yildan buyon yalinib, “bir ximchistka ochaylik, qarindoshlaring qanchasi ishli bo‘lib qoladi, investitsiya kiritgin”, deb aytib yurardim. Shu kelganida onamiz ham o‘limidan oldin ukamizga shu ishni qil deb, aytdilar. Ukamiz, xo‘p, dedilar. Men, Italiyadan ximchistka uchun uskunalarni ham gaplashib qo‘ygan edim. Lekin ukamizni Toshkent aeroportida registratsiya qilmagansan, deb reysdan olib qolishdi va 1 800 000 so‘m o‘rniga 7 000 000 so‘mlik jarima to‘lattirishdi. Ukam, “hali bularing odam bo‘lmas ekan, prezidenting boshqa gapni aytyapti, bularing boshqa ishni qilyapti. Meni kechiring, hali bularga ishonch yo‘q”, degan alam bilan uchib ketdi. Chunki, u chegarachilarga “onam og‘ir kasal edi, o‘sha bilan ovora bo‘lib, bu qoidalaringni bilmabman, bir marta kechiringlar. Ertaga ishga chiqishim kerak”, desa ham ular unashmabdi”, deydi tadbirkor ayol.

Чегарачиларнинг инжиқлиги туфайли 500 минг евролик инвестициядан қуруқ қолдик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:32 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG