Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 20:39

Mirziyoev: Elchilarning bundan buyongi vazifasi - eksport, investitsiya va turizm


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘zbek elchilari bilan 12 yanvar kuni bo‘lgan uchrashuvda xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning asosiy vazifasi bundan buyon eksport, investitsiya va turizm ekanini ta’kidladi. Prezident o‘z chiqishida elchixonalar ishiga aralashadigan "ayrim idoralar" vakillarini qaytarib olishini ham aytdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev diplomatik vakolatxonalarning asosiy uchta vazifasi bundan buyon eksport, investitsiya va turizm ekanini ta’kidladi.

“Birinchidan, eksport, eksport va yana bir marta eksport. Ikkinchidan, chet el investitsiyalarini, zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni jalb qilib, bizning sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish va rivojlantirish. Uchinchidan, bizning elchixonalar O‘zbekitonga sayyohlar oqimini oshirish uchun samarali faoliyat olib borishlari kerak”, - dedi Mirziyoev.

Bundan avvalgi chiqishida prezident Mirziyoev: “O‘zbekistonga haftasiga hech bo‘lmaganda o‘n nafar turist jo‘natmagan elchi bizga kerak emas”, - degan edi.

Prezidentning ushbu chiqishi ortidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida qanday o‘zgarishlarni kutish mumkin?

Ozodlik bu haqda AQShda yashayotgan sobiq o‘zbek diplomati Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:30 0:00
Бевосита линк

Sobiq diplomat fikricha, O‘zbekiston prezidenti elchilarni noto‘g‘ri vazifalantiryapti.

- O‘zbekistonda xorij sarmoyadolari uchun sharoit bo‘lmasa elchi qanday qilib ularni jalb qila oladi?, - deydi Yo‘ldoshev.

Prezident Mirziyoev o‘z chiqishida "elchixona xodimlari ortidan kuzatib yuradigan bir-ikki idora vakillari bo‘lmish tekinxo‘rlar"ni chaqirtirib olishini aytdi.

"Elchixonada bir-ikkita idoralar vakillari ishlaydi, men hammasini qaytarib olaman. Bo‘ldi, u zamon tugadi. Elchi prezidentning vakili, siz ortidan kuzatib boradigan kimsa emas", dedi Mirziyoev.

Toshpo‘lat Yo‘ldoshev fikricha, prezident bu yerda elchixonalarga birkitilgan MXX ayg‘oqchilarini nazarda tutyapti.

- Agar elchixonalar shu ayg‘oqchilardan tozalansa vakolatxonalar faoliyati samaraliroq bo‘ladi, diplomatlar erkinroq ishlaydi. Mirziyoevning bu chiqishi tashqi ishlar vazirligi tizimida katta o‘zgarishlardan darak beryapti, - deydi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev.

XS
SM
MD
LG