Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:15

Toshturma mahbuslari Zangiotada yangi qurilgan muassasaga ko‘chirilmoqda


Toshturma, 2018 yil, yanvar
Toshturma, 2018 yil, yanvar

Toshkentda "Toshturma" nomi bilan mashhur muvaqqat hibsda saqlash muassasasi mahbuslari Toshkent viloyat, Zangiota tumanida qurilayotgan yangi muvaqqat saqlash hibsxonasiga ko‘chirilmoqda.

Ozodlik mobil muxbirining tilga olingan muassasa nozirlariga tayanib xabar berishicha, Toshturmada hozirda 20 ga yaqin qamoqxona nozirlari qolgan, mahbuslar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak qabul qilish to‘xtatilgan.

Bugun mahsublarni yigirmata-yigirmata qilib, voronokda (mahbuslarni tashuvchi avtomobil - tahr.) Zangiotadagi qamoqxonaga tashiy boshlashdi. Peredacha berish bir haftaga kechiktirildi,“ dedi qamoqxona nozirlari bilan suhbatlashgan Ozodlik mobilь muxbiri.

O‘zbekistoni Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Toshturmaning ko‘chirilishiga oid izoh bermadi.

Toshturma ma’muriyati e’loni
Toshturma ma’muriyati e’loni

​"2018 yil 15 yanvar kunidan 20 yanvar kuniga qadar muassasada profilaktik ishlar olib borilayotganligi tufayli, maxsus kontingentlarga uchrashuvlar berish va oziq-ovqat mahsulotarini topshirish vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz," deyiladi Toshturma ma’muriyatining e’lonida.

Toshturmada mahbuslarni saqlashga mo‘ljallangan to‘rtta korpus bo‘lib, ularda oxirgi paytlarda, qamoqxona nozirlarining aytishicha, oxirgi paytlarda ikki yarim ming mahbus saqlangan.

Zangiotadagi yangi tergov izolyatori osmondan qaraganda sakkiz qirrali yulduz shaklini eslatadigan shaklda loyihalashtirilgan va hibsxonalarning xalqaro talablariga mos MDH davlatlari orasida yagona qamoqxona majmuasi ekani aytiladi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida qurilgan yangi qamoqxona
Toshkent viloyati Zangiota tumanida qurilgan yangi qamoqxona

"Yangi tergov izolyatorida sakkizta korpus mavjud va barcha kameralargi yangi jihozlar o‘rnatilgan, - dedi qamoqxona noziri bilan gaplashgan Ozodlik mobil muxbiri. - Ippodrom yaqinida joylashgan yangi izolyator ichiga temir yo‘l o‘rnatilgan. Bundan buyon hukm olgan mahkumlarni yangi izolyatordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qamoxonalarga eltish imkoni bo‘ladi."

2015 yil iyul oyida Jenevada BMT Inson huquqlari kengashining O‘zbekistondagi vaziyatga bag‘ishlagan yig‘inida ishtirok etgan o‘zbek delegatsiyasi Zangiotada xalqaro talablarga javob beradigan tergov izolyatori qurilayotganini e’lon qilgandi.

Yig‘inda ishtirok etgan O‘zbekiston Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi vakili qamoqxoning 8 qirrali yulduz shaklida joylashgan bloklar ko‘rinishida qurilishi kameralarga har tomondan yorug‘lik tushishini ta’minlaydi, deb urg‘ulagandi.

Zangiotadagi tergov izolyatori 9 ta blokdan iborat, ammo hozircha bu muassasaning qancha mahbusga mo‘ljallangani haqida ma’lumot yo‘q.

Ozodlik oxirgi oylarda Toshturma atrofi qarovsiz holga kelgani haqida video lavha tayyorlagan edi.

Тоштурма атрофидаги тозаликка ким жавоб беради?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00

O‘zbekiston qamoqxonalari, jumladan, vaqtincha saqlash izolyatorlari ham xalqaro hisobotlarda noinsoniy muomala, tutqunlarga qiynoq qo‘llash holatlari ko‘pligi bilan ko‘p marta tilga olingan.

2015 yil dekabr oyi oxirida moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar bois yangi tergov izolyatorini foydalanishga topshirish muddati noma’lum vaqtga ortga surilgan edi.

Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, yangi qamoqxonani ishga tushirish dastlab 2015 yilning kuziga rejalashtirilgan bo‘lgan.

Toshturma tarixi

O‘zbekistonda jami 52 ta jazoni ijro etish muassasasi bor.

Bular orasida eng katta va sharoiti eng og‘ir qamoqxonalardan biri Zangiota qamoqxonasiga ko‘chirilgan Toshturma hisoblanardi.

Toshturma Markaziy Osiyodagi g‘isht va toshdan qurilgan eng eski hibsxona bo‘lib, Rossiya Markaziy Osiyoni istilo etganidan yigirma yil o‘tib, 1891 yilda barpo etilgan.

Toshkentning Namangan ko‘chasida joylashgan hibsxona Chor Rossiyasi general-gubernatorining buyrug‘i bilan to‘rt oyda qurib ishga tushirilgan.

Tez orada toshdan qurilgan qamoqxona "Toshturma" nomini oldi.

XS
SM
MD
LG