Линклар

Шошилинч хабар
16 август 2018, Тошкент вақти: 01:55

Antarktidada 280 million yoshdagi o‘rmon qoldiqlari topildi


Antarktidadagi o‘rmonlar dinozavrlardan oldin paydo bo‘lgan.

Geologlar Antarktidada 280 million yoshdagi daraxtlar qoldiqlarini topishdi. Bu hozirgacha aniqlangan eng eski qutb o‘rmoni qoldiqlaridir.

Viskonsin-Miluoki universiteti olimlari Erik Gulbranson va Jon Isbell o‘tgan yilning noyabr va yanvar oylari o‘rtasida Transarktik tog‘larni o‘rgangan.

Ular toshlar orasida qachonlardir gullab-yashnagan daraxtlar qoldiqlarini topishgan.

Gulbranson bilan Isbell avvalroq 13 daraxt qoldiqlarini topib, ularning yoshini 260 million yil ekanligini taxmin qilishgan edi. Bu esa mazkur o‘rmon dinozavrlar paydo bo‘lishidan oldin shakllanganini anglatadi.

Izlanuvchilar ushbu o‘rmon qanday qilib yuzaga kelganini aniqlash uchun muzlagan tepaliklarga qaytib borishgan.

Professor Gulbranson Antarktidada mavjud bo‘lgan o‘rmonlar haqida 1910 yildan beri ma’lum ekanligini, ammo mazkur hududlar yaxshi o‘rganilmaganini aytdi.

Qutbiy o‘rmon hozirda o‘simliklar o‘sa olmaydigan kengliklarda bo‘lgan. Gulbranson bunday sharoitda o‘sa olgan daraxtlar juda chidamli bo‘lganini taxmin qildi.

Olimlarga ko‘ra, bu daraxtlar yozgi holatidan qishki uyquga tezda o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG